Qozoğistonda özbekistonlik yölovçilar evakuatsiya qilindi
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
Mamlakatimizning Aqtau şahridagi (Qozoğiston) Boş konsulxonasi 2019-yil 20-noyabr kuni Samara-Çimkent yönalişi böylab harakatlanayotgan va içida 57 nafar odam, jumladan 55 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan avtobus Aqtobe viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli töxtab qolgani töğrisida OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.
Favqulodda vaziyatlar böyiça viloyat departamenti yordamida hamyurtlarimiz issiq joyga evakuatsiya qilindi. Ular orasida tibbiy yordamga muhtojlar mavjud emas. Sovuq ob-havoga qaramay avtobusda yoz uçun möljallangan yonilğidan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bölgan. Ayni paytda taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozoğistonning tegişli idoralari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Şu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor Özbekiston fuqarolari eʼtiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boşqa turlarida qişki vaqtda Qozoğistonga kirişda yoki uning hududidan ötişda ehtimoliy xatarlarni hisobga oliş va tegişli çoralar köriş zarurligiga qaratadi.
Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boşqa davlatga ötayotgan yurtdoşlarimiz, zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton şahridagi Elçixonasiga (Nur-Sulton şahri, Aqmöla, Şimoliy Qozoğiston, Pavlodar, Qostanay va Qarağanda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo);
Aqtau şahridagi Boş konsulxonaga (Aqtöbe, Atirau, Ğarbiy Qozoğiston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51);
Olmaota şahridagi Boş konsulxonaga (Olmaota şahri, Çimkent şahri, Olmaota viloyati, Şarqiy Qozoğiston, Turkiston, Jambil va Qizilörda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötamiz.

