Şavkat Mirziyoyev pandemiya davridagi masʼuliyat haqida
Bugungi videoselektorda Şavkat Mirziyoyev yana bir bor xalqimizga murojaat qilib, jumladan, şunday dedi:
– Har birimiz özimiz, oilamiz, farzandlarimizning soğliği va taqdiri uçun avvalo özimiz masʼul ekanimizni çuqur anglaşimiz lozim. Şu munosabat bilan xalq vakillari bölgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning şaxsiy masʼuliyati haqidagi tarğibot işlarini yanada kuçaytirişimiz kerak.
Biz pandemiyani qaçon yengamiz? Qaçonki, har bir odam özidagi beparvolikni yengsa, özi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan bölsa.
Biz şunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Işonçim komil, bugungi vaziyatning özi taqozo etayotgan mana şunday hissiyot va qaraşlar har bir yurtdoşimizning qalbi va ongiga çuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib ötamiz, – deya taʼkidladi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈


