TDIU talabalar uçun erkin forma masalasiga oydinlik kiritdi

Matn22-noyabr, 2019, 19:392 daqiqa0 koʻrish

TDIU axborot xizmatining maʼlum qilişiça, “Xalq sözi Online” naşri forma masalasida biroz notöğri xabar bergan emiş. Yaʼni naşrning “endi talabalar istalgan kiyimda kelişi mumkin” degan jumlasi haqiqatga mos kelmas ekan.

Yaʼni talabalarning kiyinişi böyiça erkinlik berilgani rost, ammo bu istagan kiyimni kiyiş mumkin, degani emas ekan.

Umuman olganda, bu hayron qolarli yangilik emas. Butun dunyoda ham şunaqa, erkin forma degani, bu talaba istasa şippakda, istasa şortikda, istasa iç kiyimda kelişi mumkin degani emas.

Erkin forma, bu - umumiy çegaralar içida istalgan formada kelişni anglatadi. Erkin forma joriy qilingan joyda, bizdagiga öxşab “galstuging qani?”, “nega köylaging rangi oq emas?”, “nega paypoğing kalta?” degan savollar berilmaydi xolos.

Ammo muammo şundaki, “erkinlik” degan sözni bizda ikkala taraf ham börttirib qabul qiladi. Ayrim masʼullar talabaga erkinlik bersak, yalanğoç kelmasmikin, deb xavotir oladi. Ayrim talabalar esa, erkinlik berildi desa, yalanğoç borsam bölarkan-da, deb qabul qiladi. Qarabsizki, mana şunaqa xavotirlar ostida barça erkinliklarga taqiq qöyilaveradi. Holatni börttirmasdan, boriça qabul qilaveriş kerak.

Mayli, har ne bölsada, Iqtisodiyot universitetidagi özgarişlardan xursandman.

P.S.: yuqoridagi “kosa tagida - nimkosa” qabilida yozilgan postni köpçilik tuşunmay, meni majburiy forma va 6 kunlik öqiş tarafdori deb öylabdi 🙈

Har safar sarkazm bilan post yozsam, unga reaksiyalarni körib, xafa bölib ketaman. Yoşlarimizning
sal tahlil qilib, öylab ham körmasdan, nimani öqisa, şunday qabul qiliş odatini qanday yöqotiş mumkin? Ularning mantiqiy fikrlaşini oşiriş uçun nima qilsa bölar ekan-a?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek