Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik vafot etdi
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning vafoti munosabati bilan marhumning oila-aʼzolariga taʼziya bildirdi:
Özbek adabiyoti va madaniyati oğir judolikka uçradi.
Özbekiston xalq yozuvçisi, taniqli publitsist va tarjimon Tohir Malik – Tohir Abdumalikoviç Hobilov 2019-yil 16-may kuni oğir xastalikdan söng 73 yoşida vafot etdi.
Tohir Malik 1946-yil 27-dekabrda Toşkent şahrida ziyoli oilasida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.
Bölğusi adib öz mehnat faoliyatini Toşkent quriliş-montaj boşqarmasida oddiy ğişt teruvçi sifatida boşladi. Badiiy ijodga, söz sanʼatiga bölgan kuçli intilişi tufayli keyinçalik yurtimizdagi bir qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan, “Tong yulduzi” gazetasida, Özbekiston radiosida, Çölpon, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotlarda, “Guliston”, “Şarq yulduzi”, “Yoşlik” jurnallarida turli vazifalarda samarali xizmat qildi.
Katta hayot va ijod tajribasiga ega bölgan Tohir Malik Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida ham birmunça vaqt faoliyat körsatib, milliy adabiyotimizni rivojlantiriş, isteʼdodli yoş yozuvçi va şoirlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qizğin iş olib bordi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Davlat mukofotlari qömitasi masʼul kotibi sifatida ijodkor ziyolilarning mehnatini moddiy va maʼnaviy jihatdan rağbatlantirişda iştirok etdi.
Yorqin isteʼdod egasi özidan boy va betakror ijodiy meros qoldirdi. Uning Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyğulari mahorat bilan tarannum etilgan badiiy asarlari, kinossenariylari, dolzarb mavzulardagi publitsistik maqolalari el-yurtimiz qalbidan çuqur joy oldi.
Tohir Malik özbek adabiyotida badiiy fantastika, sarguzaşt janrlarining rivojiga katta hissa qöşdi. “Ozod inson haqida qöşiq”, “Sönggi öq”, “Şaytanat”, “Mehmon tuyğular”, “Odamiylik mulki” kabi köplab asarlari milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib örin egalladi.
Xalqimiz tarixining eng oğir davrlarini badiiy yöl bilan tasvirlaş va jamoatçilikka yetkazişda ham adib ibrat körsatdi. Ayniqsa, uning özbek maʼrifatparvar ziyolilarining murakkab hayoti va faoliyatiga bağişlangan tarixiy asarlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Tohir Malik yetuk tarjimon sifatida jahon adabiyotining sara namunalarini ona tilimizga mahorat bilan ögirib, kitobxonlarimizni ulardan bahramand qiliş borasida ham samarali mehnat qildi.
El suygan adib jonkuyar taşkilotçi sifatida jamoat işlarida, madaniy va maʼrifiy jarayonlarda faol iştirok etdi. Umrining oxiriga qadar Içki işlar vazirligi akademiyasida özbek tili, maʼnaviyat asoslaridan saboq berib, yoşlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda jonbozlik körsatdi.
Zahmatkaş adibning özbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantiriş yölidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekiston xalq yozuvçisi” faxriy unvoni, “Döstlik”, “Mehnat şuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Atoqli adib, mehribon ustoz, kamtarin inson Tohir Malikning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,
A.Aripov, J.Ortiqxöjayev, S.Saidov

