Kunduzi çiroq yoqiş majburiyati va maşinalardagi yonğinlar
Olovga aylangan köçalar
Yoki «qon çiqmasa hisobmas»(mi?)
Bugungi kunning trendga aylangan mavzusi, şubhasiz – kunduzi çiroğini yondiraman, deb maşinasi yonayotganlar bölmoqda. Keçaning özida olov içida qolgan maşinalar haqida şunçalar köp xabar çiqdiki, odam qörqib ketadi (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8). Hali bu aniqlanganlari, biz bilmaganlarimiz yana qança ekan.
Xudoga behisob şukrki, hozirça soğliğiga jiddiy şikast yetgan yoki halok bölganlar yöq. Lekin buni kutişimiz şartmi? Toki şungaça voqealarni fojia deb hisoblamay, köz yumib turamizmi har doimgidek?
Yöl harakati qoidalariga özgariş kiritiş töğrisidagi qaror çiqqan kunning özidayoq bunga qarşiligim haqida yozgan edim. Aniqroği yangi qoidalarni qöllab-quvvatlaşim (hozir ham öşa fikrimdaman), lekin özgarişlarni bunaqa “şok terapeyasi” orqali tezda amalga kiritib bölmasligi, bu turli halokatlarni keltirib çiqarişi mumkinligi haqida dod-voy qilgandim https://t.me/xushnudbek/2062
Öşanda ayrimlar, paşşadan fil yasayotganligimni, "faqat yomonlikni köruvçi Tutti" ekanligimni aytişgandi. Lekin vaqt - oliy hakam, hammasini özi körsatmoqda.
Bu xuddi gazetalarning özi yaxşi, lekin ularni majburlab sotiş yomon, degan prinsipga öxşaydi. Yöl harakati qoidalaridagi yangiliklar yaxşi, maqsadi ezgu, ammo uni amaliyotga tatbiq etiş jarayoni – xato böldi.
Aslida bularning barçasiga bosqiçma-bosqiç ötiş kerak edi.
Yaʼni kunduzi çiroq yoqib yuriş majburiyatini kamida 2021-yil 1-yanvar sanasidan belgilaş, ungaça keng miqyosdagi tarğibot işlarini olib boriş, joriy yildan boşlab texosmotrdan ötayotgan barça eski maşinalarda DXO bölişini talab qiliş, maxsus kunduzgi çiroqlarni örnatişning davlat standartini işlab çiqiş, kerak bölsa elektr ustalarni öqitiş, yonğin keltirib çiqarmaydigan jihozlarni örnatişni nazorat qiliş va h.k. işlarni qiliş lozim edi.
Xöş, amalda qanday böldi?
“Tap” etib, osmondan tuşganday qarorni çiqarişdi, amaliyotga joriy etiş uçun hatto 1 kun ham vaqt berişmadi.
Keyin oğzaki buyruq bilan, 1 oyga çözişdi.
Lekin şu 1 oy içida ham tayinli tarğibot qilişmadi. Masalan, oddiygina DXO bilan tumanka farasi boşqa-boşqa narsalar ekanligini tuşuntiradigan birorta rolik, maʼlumot, infografika tayyorlanmadi.
Bozorda DXO çiroqlarining narxi keskin oşib ketdi, elektr ustalarining oşiği olçi bölib, ularga turnaqator navbatlar paydo böldi. Hozir elektriklarning obrösi Hojiboy rahmatli aytgan traktorçilarnikidan ham balandroq, men Sizga aytsam.
Va eng yomoni ustalarning qölida heç qanday yöriqnoma yöq. Qanday çiroqlar mumkin, qandaylari mumkin emas, qanday simlarni örnatsa böladi, qandaylarini yöq, heç narsa aniq emas.
IIBB esa rasmiy saytida bunaqa yonğinlarni izohlabdi. “Avtomobillar yonib ketişi va hattoki portlaşlari ham mumkin, bunga sabab özboşimçalik bilan avtomobil tuzilişiga aralaşiş, texnik holatga loqaydlik bilan munosabatda böliş” deyişibdi.
Baraka topgurlar, öşa haydovçilar nima uçun özboşimçalik bilan maşinaga çiroq qöyidirişyapti, axir ularni özingiz bunga majbur qilmadingizmi? Barça aybni xalqqa ağdarişdan osoni yöq, lekin bu işlarni keltirib çiqarayotgan asosiy muammoning ildizidan köz yumiş insofdanmi?
IIVga yoqadimi yoki yöqmi, ular xatosini tan olişi kerak. Nafaqat tan oliş, balki uni zudlikda bartaraf etiş çoralarini ham körişi şart va zarur. Qaror ijrosini uzoq vaqtga (1-2 yil) ortga suriş va şu davr içida xalqning XAVFSIZligini taʼminlaşga oid işlarni bajariş lozim, menimça.
Nimani kutyapsiz?
P.S.: ayrimlar bir neça kun oldin ayni şu özgarişni yoqlab yozganimni eslatişmoqda. Ha, haliyam öşa fikrimda sobitman, garçi bu köpçilikka yoqmasa ham (hammaga birdek yoqib bölmaydi). Kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi avariyalar juda köp sodir böladigan bizning jamiyatimiz uçun kerak, buni kör-körona inkor qilişni istamayman. Lekin asosiy eʼtirozim yangilikning öziga emas, şu yangilikni amaliyotga qanday joriy etiş haqida böldi xolos.
👉 @xushnudbek 👈


