Toşkentda avtomobillar yonişiga yoritgiçlar aybdormi

Matn18-may, 2019, 16:212 daqiqa0 koʻrish

​​Toşkentda avtomobillar yonişi: «yoritgiçlar aybdor» ekanligi rostmi? Özbekiston Respublikasi FVV Yonğin xavfsizligi boşqarmasi bunga nima deydi?

Toşkent şahar IIBBning rasmiy saytida şu mavzuga oid xabar çiqdi. Uni töliqligiça keltiramiz:

«Ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda yonayotgan avtomobillarning suratlari tarqalmoqda. Foydalanuvçilarning fikrlariga köra, bunga kunduz vaqtida yoritgiçlarni yoqib yuriş sabab bölgan. Bu masala köplarni qiynab kelayotganligi sababli Toşkent şahar IIBB xodimlari Özbekiston Respublikasi FVV Yonğin xavfsizligi boşqarmasi bilan boğlanganligi natijasida quyidagilar maʼlum böldi.

Ötgan 2018-yilda yengil maşinalarni yonib ketişi bilan boğliq 64 ta holat qayd etilgan edi. 2019-yilning boşidan esa Toşkentda avtomobillarning 11 marta yonganliklari qayd etildi. Bulardan ikki holatda yoniş – yoqilği tizimi işdan çiqqanligi sababli yuz bergan. Qolgan holatlarda esa yonğin quyidagi rusumli avtomobillarda elektr ötkaziş tizimi buzilganligi bois sodir bölgan: GAZ-3102, GAZ-2401, Daewoo Matiz, VAZ-2109, Hyundai Sonata, Ford Sierra, GAZ-2420, Chevrolet Epica, Chevrolet Captiva, Chevrolet Damas (yonğinga YTH sabab bölgan), Chevrolet Cobalt – avtomobilning motor qismida sodir bölgan bort kompyuter iva akkumulyatorni ulab turuvçi elektr ötkaziş tizimadagi qisqa uziliş sabab bölgan. Avtomobil yoritgiçlariga zarar yetmagan.

Keça, 17-may kuni soat 16.00 va 17.00 orlağida Farxod köçasida qurilayotgan restoran qarşisida sodir bölgan «Volvo» rusumli avtomobilning yonişida, haydovçiga yordam bergan quruvçilarning va boşqa guvohlarning hamda haydovçining özining gaplariga köra motor qismidagi muammolar sabab bölgan. Şoşilinç xizmatlar bölmiş 101 yoki 102 raqamlariga u va guvohlar qönğiroq qilişmagan. Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratga eʼtibor bilan qaralsa, yoritgiçlarga zarar yetmaganini köriş mumkin.

FVV Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xodimlarining maʼlum qilişlariça, yonğinga sabab bölgan elektr ötkazgiçlarning texnik qoniqarsiz holatlari köpinça eski yillarda işlab çiqarilgan avtomobillarda uçraydi. Şunday eka nagar sizning avtomobilingiz «katta yoşda» bölsa, texnik körik davomida elektr ötkazgiçlarga alohida eʼtibor beriş zarur.

Biz bu kabi hodisalar suratlarini tarqatuvçi fuqarolarni, blogerlarni hamda Telegram messendjerida öz kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yoniş sabablari töğrisidagi öz “mutaxassis” xulosalari bilan insonlarni adaştirmaslikka çaqiramiz».

Manba

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek