Soliq qömitasiga kassa çeklari böyiça taklif

Matn17-may, 2019, 10:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Soliq qömitasiga taklif

Taʼkidlaş joiz, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş maqsadida kassa çeklari bilan boğliq yuqoridagi kabi tadbirlar xorij amaliyotida ham uçrab turadi. Masalan, ulardan eng maşhuri Çilida bölgan. Çili soliq vazirligi juda katta miqdordagi yutuqli lotereya eʼlon qilgan va unda qatnaşiş uçun aholi kassa çeklarining nomerini maxsus bazada röyxatdan ötkazişi kerak bölgan. Qança köp kassa çekini kiritsangiz, şunça köp yutiş imkoniyatingiz oşadi. Öz-özidan bu narsa kutilgandan ham ziyoda foyda bergan, çunki endilikda xalq har bir xaridi uçun sotuvçilardan kassa çeklarini talab qilişni boşlagan.

Bu kabi lotereya keyinçalik Gruziya va Litvada ötkazildi. Masalan, Litvada 2017-yil 28-noyabrda şunaqa lotereya boşlangan va hozirgaça ötkaziladi. Unda 1 yevrodan köproq miqdorda qilingan xarid (yoki xizmatlar uçun tölov) çekidagi raqamni maxsus taşkil qilingan kvituzaidimas.vmi.lt saytiga kiritiş kerak.

Yutuq esa kiçkina emas – har hafta 100 kişiga 50 yevrodan beriladi, har oy yakunida esa 1 nafar baxtli iştirokçi 5 ming yevro yutuqni qölga kiritadi.

Bizning Soliq qömitamiz ham şunaqaroq aksiya taşkil qilsa yaxşi bölardi. Har holda bu aksiya TVda urçib ketgan qimor öyinlaridan köra ming çandon köproq jamiyat uçun foyda berar edi. IMXO.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Zuhd: Ruhiy tarbiya turkumidan audio

    046 daqiqa

Yana oʻqing