Temir yöl vokzallaridagi bepul xizmatlar röyxati

Matn16-may, 2019, 20:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Temir yöl vokzallaridagi qaysi xizmatlar bepul bölişi kerak?

Temir yöl vokzallarida va çipta kassalarida körsatilayotgan pullik hamda bepul xizmatlarni ajratiş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi «Özbekiston temir yöllari» AJ bilan birgalikda yölovçilarga temir yöl vokzallarida hamda yönaliş davrida körsatiladigan qöşimça xizmatlar Röyxatini tasdiqladi.

Röyxatga köra, quyidagi xizmatlar bepul bölişi lozim:

👉 yuk taşiş aravaçasini taqdim etiş;
👉 kutiş zalidagi WiFi internet (2 soatgaça);
👉 nogironlar uçun arava;
👉 telefon hamda noutbuklarni quvvatlantiriş;
👉 tibbiyot markazi xizmatlari;
👉 kutubxona xizmatlari;
👉 yönaliş davrida çoy, suv, şakar hamda kofe taqdim etiş.

Reklama, yuklarni öraş hamda saqlaş, “VIP” zal, sartaroşxona hamda boşqa xizmatlar pullik asosida körsatilişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek