Soliqlardan çegirma oliş uçun xarid çeklari kerak böladi

Matn17-may, 2019, 10:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Soliq qömitasi: xaridlaringiz çeklarini keltiring va soliqlardan çegirma oling!

Qabul qilinişi kutilayotgan Prezident qaroriga köra, tölov çeklarini taqdim etgan fuqarolarga soliqlardan çegirma beriladi.

Işonmaysizmi? «Boşida biz ham işonmagandik», - deb yozyapti Işbilarmon.uz kanali. Kanal maʼmuriyati Soliq qömitasidan qayta sörab köribdi va mana bunday javob olibdi:

«2020-yil 1-yanvardan boşlab, jismoniy şaxslarga, ular xarid qilgan tovarlar (işlar, xizmatlar)ning nazorat-kassa maşinalari çeklari bilan tasdiqlangan xarajatlaridagi soliqlar miqdorida, daromad, mol-mulk va yer soliği böyiça soliq çegirmalari taqdim etiladi yoki pul mablağlari tölanadi.

Bundan maqsad – jismoniy şaxslarning özlari xarid çoğida çek berilişini talab qiladilar va, pirovardida, soliq tuşumi yaxşilanadi.

Xaridor çek beriladigan joydan savdo qiliş va çek berilmaslik holatlari böyiça tegişli idoralarni xabardor qilişdan manfaatdor böladi».

Şu bilan birga, soliqçilar «Bu tartibni joriy qiliş çegirma miqdori, davriyligi va muddati, ularning DSQ bazasida aks etişi kabi masalalarni hal etişni taqozo qilajagi»ga ham işora qilganlar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek