Malayziyadan ilk ziyoratçi turistlar guruhi keldi
Bugun, Qurbon Hayiti bayrami kuni Malayziyadan ziyoratçi turistlar jamoasi ilk çarter reysda yurtimizga keldi. Mazkur reys “Osman Aero” tur operatori tomonidan Malaysian Airlines samolyotlarida amalga oşirilgan. Ilk ziyoratçilar Toşkent xalqaro aeroportida karnay-surnaylar bilan kutib olingan.
Davlat rahbarining topşiriğiga köra, Turizm va madaniy meros vazirligi ziyorat turizmini rivojlantiriş maqsadida Malayziya tomoni bilan kelişuvga erişilgan. Xususan, Boş vazir örinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Malayziyaning turizm, sanʼat va madaniyat vaziri Nansi Şukri xonim bilan Ozarbayjondagi Islom hamkorlik taşkilotining konferensiyasi doirasida Malayziyadan doimiy ravişda ziyoratçilar safarini taşkil qiliş böyiça kelişib olgandi (4-rasm).
Vazirlikning maʼlum qilişiça, ziyorat turizmi reyslarini Indoneziya, Bangladeş, Eron kabi davlatlar bilan ham yölga qöyiş rejalaştirilgan va taşkiliy işlar deyarli oxirlab qolgan.
Özbekistonga xuş kelibsiz, hurmatli ziyoratçilar! Islom diniga oid obyektlar, masjid va madrasalar, qadamjo va ziyoratgohlarimiz sizlarga manzur keladi degan umiddaman.
👉 @xushnudbek 👈


