Umra ziyoratidagi transport masalalari va taassurotlar
Manba:Xushnudbek.uz
Vaʼda qilganimdek, Umra ziyoratidan ayrim taassurotlarimni yozmoqçiman. Safar payti buning imkoni bölmadi, çunki u yerda har bir daqiqangizni qizğonasiz.
Dastlab, transport masalasi.
Özbekistonlik ziyoratçilar Umra safariga «Uzbekistan Airways»ning çarter reyslarida borişmoqda. Har kuni 2 tadan reysda taxminan 470 kişi boryapti. Biz Boeing 757 samolyotida borib, qaytdik.
Toşkent xalqaro aeroportda Umra safariga ketuvçilar alohida zalda röyxatga olinmoqda.
Madina şahrida ziyoratçilarni Özbekiston yollagan şirkatning turistik avtobuslari kutib oladi. Umuman olganda safar davomida har bir guruhga alohida avtobus biriktiriladi va barça joyga olib yuradi, bunda muammo yöq. Masalan, Madinadan Makkaga boriş-keliş, uşbu ikki şahardagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qildiriş va h.k.
Mabodo qöşimça zarurat tuğilsa, taksidan foydalaniş ham mumkin. Masalan, biz Makka şahrida 12 km masofaga kişi boşiga taxminan 30 ming sömga borib-keldik. Lekin Umra davomida deyarli qöşimça transportga zaruriyat bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 521

