Samarqand Halal In Travel sammitida ikkita mukofotni qölga kiritdi
Özbekiston «Halal In Travel – Global Summit 2022» global sammitida ikki nominatsiya böyiça ğolib böldi
Singapurda musulmon dunyosi turizm bozorini tiklaş va rivojlantirişga bağişlangan «Halal in Travel – Global Summit 2022» xalqaro sammiti bölib ötdi.
Sammit doirasida Samarqand şahri «Yilning islom merosi manzili» va «Yilning eng yaxşi rivojlanayotgan musulmon şahri» mukofoti ğolibi böldi.
Şuningdek, Özbekiston har yili CrescentRating tomonidan eʼlon qilinadigan «World Muslim Travel Index» reytingida kuçli öntalikka kirdi.
Sammitda Özbekiston Boş vaziri örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov onlayn formatda iştirok etib, sözga çiqdi.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda 2022-yil 1-yanvardan boşlab 35 ta restoran (tezkor ovqatlaniş tarmoqlari) va 4 ta mehmonxona «Halol» reytingi va sertifikatiga ega böldi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 573


