Ilya Varlamov Samarqand haqidagi fikrlarini eʼlon qildi
Maşhur rossiyalik bloger Ilya Varlamov yaqinda Samarqandga kelgandi. Ilya özining blogida foto-reportaj orqali Samarqand haqidagi fikrlarini eʼlon qildi.
https://varlamov.ru/3790947.html
Samarqand haqidagi iliq gaplar ham bor, ammo köp fikrlar bizni xursand qilmasligi aniq. Oddiy bir turist közi bilan qaraganda, bizga közgu tutib ketibdi xolos.
Bizdagi şaharsozlik insonlar uçun nafaqat noqulay, balki ayrim jihatlari hatto xavfli ekanligi haqida taʼkidlagan. Balki ayrimlar Varlamovning yozganlarini öqib, uni «yurtimizning yutuqlarini köra olmaydigan duşman» yoki «tirnoqning orasidan kir qidiradigan ğalamis» deb atar, lekin har ne bölganda ham Samarqand viloyat hokimligi materialni yaxşilab örganib çiqsa va kamçiliklarni bartaraf etsa, zarar qilmasdi.
👉 @xushnudbek 👈

