Saida Mirziyoyeva Dubaydagi Butunjahon ayollar forumida qatnaşadi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Joriy yilning 16-17-fevral kunlari Dubayda Butunjahon ayollar forumi bölib ötadi. Uşbu Forumda dunyoning bir qator nufuzli şaxslari maʼruzaçi sifatida qatnaşadi.
Jumladan, maʼruzaçilar orasida Jahon banki Prezidenti Devid R. Malpass, Xalqaro valyuta fondi ijroçi direktori Kristalina Georgiyeva, AQŞ Prezidentining maslahatçisi Ivanka Tramp (Trampning qizi), Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri, hozirda Birlaşgan qirollik Parlamenti aʼzosi Tereza Mey ham bor.
Şu jumladan, Dubay amirligi şayxi Manal bint Muhammad ben Raşid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan Özbekistonda gender tengligini taʼminlaş komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva ham forumda iştirok etadi va yurtimizda gender tengligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼruza qiladi.





