Aziza Şanazarova bilan ilm va xorijdagi taʼlim haqida suhbat
Aziza Şanazarova: «Vatanimizning dunyo ilmiga qöşgan hissasini talabalarga örgatiş menga zavq beradi»
«Vatandoş» naşri ötgan yili aprel oyida Aziza Şanazarova bilan intervyu uyuştirgan ekan, öşa suhbatdan ayrim qismlarni eʼlon qilmoqçiman, marhamat:
«Vatandoş: Aziza, özingiz haqingizda maʼlumot bersangiz?
Aziza: Asli Toşkentlikman. Toşkent Davlat Şarqşunoslik Institutini imtiyozli tamomlab, Beruniy nomidagi Şarqşunoslik Institutida ilmiy xodim bölib işladim. U yerda yirik şarqşunos olimlar qölida işlaşga muvaffaq böldim va qölyozmalar olamiga kirib bordim. Keyin esa AQŞda Indiana universitetida öqişimni davom ettirdim. Dastlab magistratura va keyin doktorantura yönalişlarida öqidim. Hozirda doktorlik dissertatsiyamni himoya qiliş arafasida turibman.
Vatandoş: Nega aynan Indiana universitetini tanladingiz?
Aziza: Indiana universiteti özining bir qança maktablari bilan dunyoga maşhur. Ularning orasida Markaziy Osiyoni örganiş böyiça fakulteti ham bor. Bundan taşqari, uşbu fakultetda şarqşunoslik sohasidagi nufuzli professorlar dars berib kelişadi. Şulardan biri Söfizm böyiça eng maşhur olimlardan sanalgan professor Devin DeVis bor. Men aynan professor DeVisning şogirdi böliş uçun Indiana universitetiga kirganman.
Vatandoş: Ilmiy işingiz haqida gapirib bersangiz.
Aziza: Men dastlab Markaziy Osiyoda jadidçilik harakati tarixi böyiça işladim va magistirlik işimni asli Toşkentlik jadid yozuvçisi bölgan Laziz Azizzodaning «Turkistonning uyğoniş tarixi» asari ustida işladim va şu asarni ingliz tiliga tarjima qildim. Keyin, menga juda qiziq bölgan mavzu, tasavvuf va ayollar tarixiga ilmiy şönğidim. Ayniqsa, men Markaziy Osiyoda tasavvufning rivojlanişida ayollarning qöşgan hissasi mavzusiga qiziqaman. Mening doktorlik dissertatsiyam Markaziy Osiyoda söfiy ayollar va gender tarixi bilan boğliq.
Vatandoş: Ilmiy iş bilan birga dars beriş bilan ham şuğullanib kelasiz. Qanday mavzularda dars berasiz?
Aziza: Dars berişni Indiana universitetida boşladim. U yerda Buyuk Ipak Yöli, Markaziy Osiyoda ayollar tarixi va Arab tili böyiça dars berdim. Hozirda esa, Stenford universitetida Islomda ayollarning örni va Söfizm mavzularida maʼruzalar öqib kelayapman. Talabalarga dars berişni yaxşi köraman. Maʼruzalarimda Markaziy Osiyo haqida sözlab beraman, ayniqsa Özbekistonni köp yodga olaman. Vatanimizning dunyo ilmiga qöşgan hissasini talabalarga örgatiş menga zavq beradi.
Vatandoş: Sizga öxşab xorijda, xususan doktorantura – PhDda öqişni rejalaştirib, orzu qilib yurgan vatandoşlarimizga qanday maslahatlar berasiz?
Aziza: Maslahatim doimo maqsad sari intiliş. Aslida, PhDga kiriş qiyin emas, lekin har xil çiğiriqlardan ötib uni yakunlaş odamda matonat va sabrni talab qiladi. Çet elda PhD qilişni orzu qilayotgan yoşlar uçun maslahatim özlarining ilmiy tadqiqot mavzularini oldindan belgilaşni va şu mavzu doirasida konferensiyalar, ilmiy anjumanlarda qatnaşişini tavsiya qilaman. Bu esa ularga şu sohada iş olib borayotgan mutaxassislar va ilmiy markazlar bilan tanişişlariga yordam beradi. Men aminmanki, Özbekistondagi yoşlar qörqmasdan Yevropa va AQŞ universitetlariga magistratura va doktoranturaga topşirişlari kerak va ular buni uddalay olişadi.
Bir misol, ötgan yili mening ukam Toşkentda turib öndan ziyod AQŞdagi nufuzli universitetlarga MBA (Masters degree) uçun qabul qilindi, umumiy hisobda 500000$ grand (scholarship) asosida. Hozirda ukam Yel universiteti talabasi hisoblanadi. Ukamning misoli Özbekiston yoşlari uçun «Intilganga tole yor» maqolining tölaqonlik isboti deyişim mumkin.
Vatandoş: Doktorlik himoyangiz şu kunlarda ekan. Undan keyingi rejalaringizda nimalar bor?
Aziza: Hozirda Oksford va Pittsburg universitetlaridan «postdoktorlik»likka taklif oldim. Pittsburg universitetida hozirda Markaziy Osiyo böyiça yangi loyihalar taşkil qilinmoqda. U yerda ilmiy işimni davom ettiriş bilan bir qatorda dars berişda ham davom etaman. Oksford universitetida birinçi kitobim ustida izlaniş olib boriş niyatim bor.
Vatandoş: Kitobingizni kutib qolamiz va kelgusi işlaringizda ham omad yor bölsin!
👉 @xushnudbek 👈

