Aziza Shanazarova Kolumbiya universiteti professori bo'ldi
Kolumbiya universitetining ilk özbek professori
Telegramdagi «Oʻzbekoyim» kanali mana bu quvonçli xabarni ulaşdi:
«2020-yil Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili deb eʼlon qilingandan beri eşitgan eng quvonçli xuşxabarim özbeklar orasida birinçi bor Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, yaʼni umrbod professorlik lavozimiga ilk özbek - Aziza Şanazarova qabul qilindi.
Kolumbiya universiteti Ivy League (özbek tiliga peçaklar ittifoqi degan maʼnoni beradi) toifasiga kirgan. Ayvi ligaga AQŞdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kirgan.
Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti işga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat şartnomasi universitet maʼmuriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday şartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) taʼminlaşdir.
Aziza Şanazarova Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia (Örta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQŞning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2 ta yönalişda (dinşunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Buyuk ajdodlar merosidan buyuk avlodlar erasiga yetib keldik, va nihoyat! Yoşlar mana sizga motivatsiya, zamona qahramoni. Dunyoning kuçli olimlari işlaydigan Kolumbiya universitetida 33 yoşli oddiy özbek olimasi Aziza Şanazarova ham bor, biz bundan faxrlanişimiz kerak!»
Post tugadi.
P.S.: Aziza Şanazarovaning Feysbukdagi sahifasida aytilişiça, u bugungi kunda Pittsburg universitetida «postdoktorlik»da faoliyatini davom ettirmoqda va dars bermoqda.
Qanday ajoyib-a, qanday ajoyib! Farzandlarimiz ham ana şunday bilimli, aql-zakovatli bölsin, deb niyat qildim. Yurtimizda Azizalar köpayaversin, ular qayerda öqiş yoki işlaşidan qatʼi nazar, özbeklar orasida ilm yölini tutgan, fanda yuksak natijalarga erişgan yurtdoşlarimiz köpayotganidan könglim toğday kötariladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

