Özbekistonda bir qator OTM rektorlari tayinlandi
Hukumat qarori bilan bir qator rektorlarlar işdan olindi va örniga boşqalari tayinlandi. Ikki nafar rektor boşqa OTMga rektorlikka ötkazildi.
Jumladan:
Alişer Yusubjanoviç Umarov Toşkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boşqa işga ötişi munosabati bilan Şavkat Safaroviç Şaripov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Şavkat Safaroviç Şaripov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Abduğani Jumanazaroviç Xolbekov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Bahodir Boypölatoviç Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyeviç Daniyarov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Sobitxon Toşpölatoviç Turğunov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Muzaffar Hoşimoviç Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod qilindi.
Botir Şukurillayeviç Usmonov Toşkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boşqa işga ötişi munosabati bilan Şuhrat Axmadjanoviç Mutalov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Azamat Muxitdinoviç Şamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.
Jasur Alimdjanoviç Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Toşkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.
Orifjan Şadiyeviç Bazarov Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Nazirilla Nasimxanoviç Mahmudov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Şaribboy Tulanoviç Ergaşev Namangan muhandislik-quriliş institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Şukurjon Şaripoviç Kenjaboyev uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Mamirjon Yusupoviç Atadjanov Qöqon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va şu munosabat bilan Azizjon Ğulomjonoviç Eminov uşbu lavozimdan ozod qilindi.
Abdullajon Kadiroviç Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toşkent viloyatidagi filiali ijroçi direktori - Filial direktori örinbosari etib tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈

