Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmasligi ma’lum qilindi
❓Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?
Köpçilik abituriyentlar nima uçun menga abituriyent ruxsatnomasi çiqmayapti deb söraşmoqda. DTM uşbu masalaga izoh berdi.
Ruxsatnoma hamma abituriyentga ham berilmaydi. Jumladan, quyidagi toifa abituriyentlarda bunday ruxsatnoma çiqmaydi:
👉 Test sinovlarisiz töliq kasbiy (ijodiy) imtihon böladigan taʼlim yönalişlariga röyxatdan ötgan abituriyentlarga (ular özlari tanlagan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilişlari kerak);
👉 Belgilangan tartibda röyxatdan ötgan, lekin test sinovlari uçun tölovni amalga oşirmagan abituriyentlarga;
👉 Belgilangan tartibda röyxatdan ötgan, lekin keyinçalik tizimdan akkauntini öçirgan abituriyentlarga;
👉 Tegişli tartibda taʼlim yönalişlarini tanlab röyxatdan ötmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport maʼlumotlarini kiritgan, lekin taʼlim yönalişlarini tanlab röyxatdan ötmagan);
👉 Test sinovlarisiz, töğridan-töğri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajariş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning farzandlari).
❗️Abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişlari lozim.
Fuqarolik pasporti bölmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

