DTM ruxsatnomasini endi onlayn oliş mumkin
DTM ruxsatnomasini endi onlayn olsa ham böladi. Toşkentga keliş şart emas
#abituriyent
Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan “Qonunçilikdagi yangiliklar” brifingi va matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Kutilayotgan qulayliklardan biri sifatida Davlat test markazi boş boşqarma boşliği Barno Rajabov maʼlumot berib ötdi:
«Abituriyentlarni şu paytgaça qiynab kelayotgan masalalardan biri DTM ruxsatnomalarini qay vaqtda olişi edi. Odatda, uşbu ruxsatnomalar imtihon arafasida 31-iyulga qadar (şu kuni ham) tarqatilardi.
Ötgan yil misolida aytadigan bölsak, test sinovlari 15 kun davom etgani sababli abituriyentlarning uşbu ruxsatnoma bilan boğliq murojaatlari köp böldi.
Ularning aksari Toşkentga kelib-ketişda ortiqça ovoragarçilik va xarajatlarning oldini oliş bilan boğliq edi, albatta.
Biz ham şu maqsadlarni közlab bu yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test markazi saytidan foydalanib öziga tegişli ruxsatnomani yuklab olişi mumkin va şu asosda tegişli öquv binosiga kirib-çiqişi taʼminlanişini nazarda tutyapmiz», - deya taʼkidladi DTM vakili.
👉 @xushnudbek 👈

