Maktablarni 14-sentabrdan oçiş taklifi kiritildi

Matn25-avgust, 2020, 10:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Maktablarni 14-sentabrdan oçiş taklifi kiritildi

Xalq taʼlim vaziri Şerzod Şermatov maktablar oçilişi böyiça murojaat eʼlon qildi. Uni töliqligiça havola qilamiz:

«Hurmatli ota-onalar,

Xabaringiz bor, biz 3 ta ssenariy böyiça işlayotgan edik: 1) anʼanaviy maktabni oçiş, 2) onlayn maktab orqali öqitiş va 3) aralaş (gibrid) ssenariy – ham anʼanaviy ham onlayn. Telegram orqali deyarli 1 mln. foydalanuvçi qatnaşgan sörovnomada 70% ota-ona bola soğliğidan xavotirda bölib, uyda özi onlayn öqitişi mumkinligi, 30% esa pandemiya şaroitida ham farzandini maktabga yuborişini bildirgan.

Şuning uçun, aholini köproq qatlamini rozi qilişni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, yaʼni ota-onalarning özlariga tanlaş huquqini beriş eng optimal variant bölib turibdi.

Bir tomondan, internetda baʼzi davlatlarda maktablar oçilib, kasallik köpayişi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar özi kuçli kasallanmasada, kattalarga qaraganda kuçliroq virus taşuvçisi bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayapti.

Ikkinçi tomondan, bu virusdan yaqin orada qutilmasligimizni, vaksina işlab çiqilgan taqdirda ham uni barça havfsizlik sinovlaridan ötkazişga va işlab çiqarib bizga yetib kelişiga ança vaqt ketişi ham aniq. Şunga, uşbu vaqt davrida farzandlarimiz bilim olişdan orqada qolib ketmasliklari zarur.

Karantin qoidalarining yumşatilişi kasallik holatlarining ortişiga olib kelişi mumkinligi, ularni davolaşga ham qöşimça vaqt talab etilişi kerakligi hamda öqiş boşlanişidan avval ularni davolab, kamaytiriş muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib çiqib, bu yilgi öquv yilini 14-sentabr – duşanba kunidan boşlaş taklif sifatida kiritildi.

Şuningdek, bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi baʼzi kiçik maktablarni oçiş, uşbu jarayonda barça çoralarni töliq va töğri amalga oşirilişini örganib çiqiş ham rejalaştirilgan. Maktabga öquvçilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi ölçanişi, barça darslar bir sinf xonasida ötilişi, tanaffusda sinf havosi şamollatilişi, öquvçilarga ijtimoiy masofani saqlaşni tuşuntiriş kabi qator talablar işlab çiqilib, joylardagi barça maktablarda ijrosini taʼminlaniş çoralari köriliş kerak böladi.

Şu sababli, bugun-erta barça maktablarda ota-onalardan sörovnomalar ötkazilmoqda. Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, uşbu sörovnomada faol qatnaşing! Pandemiya şaroitidan kelib çiqib, aynan sizning farzandingiz maktab oçilganda maktabga borib öqiydimi yoki uydan onlayn öqiydimi degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu sörovnomalar barça maktablar kesimida aniq, obyektiv holat böyiça maʼlumotni yiğişga imkon beradi.

Maktablar qayta oçilişi, taʼlimni aralaş körinişda taşkil etiş, albatta, maktab jamoasiga qöşimça masʼuliyat va vazifalar yuklaydi. Şuning uçun, uşbu jarayonlarda, hurmatli ota-onalarimizdan, pedagoglar mehnatini ham qadrlaşlarini sörab qolamiz!

Ilovadagi Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy murojaatini kengroq aholiga yetkazişda yordamingizni ayamaysiz deb umid qilamiz.

Telegram: t.me/uzedu/8479
Facebook: www.fb.com/uzedu»

Murojaat tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek