Jamşid Qöçqorov davlat taşkilotlari jamğarmalari haqida
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganJamşid Qöçqorov: davlat taşkilotlari daromadni dalada ketmon çopib topayotgani yöq
Senat yalpi majlisida budjet masalasi böyiça muhokamada senator Bahodir Saʼdullayev ayrim davlat taşkilotlarining huzurida oçilgan jamğarmalar, ularning nazorati qay darajada ekanligi haqida savol berdi.
Bunga javoban Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Avvalo bizning dardimizni kötarib, bizga yordamçi bölgan savol berganingiz uçun katta rahmat. Haqiqatdan bugungi kunda köplab davlat taşkilotlarining jamğarmalari taşkil qilingan. Aslida butun dunyoda amaliyot şunaqa – bunaqa jamğarmalarga tuşadigan mablağlar byudjetga konsolidatsiya qilinişi kerak.
Lekin bizda biroz boşqaça. Ayrim taşkilot rahbarlari “bu pul meniki, uni istaganimça işlataman” deb notöğri öylaşadi. Hozir şu yerda ötirgan ayrim hurmatli vazirlarimiz xafa bölsa ham aytaman, bunday jamğarmalarga tuşadigan pullarni ular dalaga çiqib, ketmon çopib topayotgani yöq. Ular davlat binosida ötiribdi, davlat xizmatini körsatayapti. Töğri, bu mablağlarni tuşuriş uçun mehnat ham sarflanadi, masalan, jarima undiriş uçun jarimani aniqlaş va rasmiylaştiriş kerak. Lekin baribir bu tuşumlar davlatniki.
Biz joriy yilda jismonan ulgurmadik, ammo kelasi yil davomida bunday xos jamğarmalar töliq nazoratga olinadi. Şunda adolatdan böladi.
Masalan, bir taşkilotning jamğarmasi bor va öşa taşkilot xodimlariga jamğarma pulidan uy olib beryapti. Lekin aytaylik, bunday jamğarma Moliya vazirligida yöq bölsa, u nima uçun öz xodimlariga uy olib bera olmasligi kerak? Yoki jamğarmasi yöq vazirlik xodimlari yomon işlayaptimi? Yomon işlayotgan bölsa, kelib isbotlab berişsin.
Aytmoqçimanki, budjet tuşumlari barça davlat xizmatçilari uçun teng imkoniyatlar yaratişi kerak. Bittasida imtiyoz bor, ikkinçisida yöq, bölmasin. Kelgusi yilda imtiyozli ipoteka kreditlari ham unifikatsiya qilinadi, bu böyiça Prezidentimizning topşiriği ham bor», - dedi Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov.
👉 @xushnudbek 👈
