Yutuqli çek öyinlari IV tiraji ğoliblari aniqlandi
Yutuqli çek öyinlari IV tirajining omadli ğoliblari aniqlandi
Bugun Davlat soliq qömitasi yutuqli çek öyinlarining törtinçi tiraji bölib ötdi. Uşbu tiraj uçun röyxatdan ötkazilgan Toşkent şahridagi onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassalarning çeklari soni – 45 997 tani taşkil etdi. (taqqoslaş uçun – birinçi tirajda 9 947 ta, uçinçisida 32 815 ta).
Baxtli yurtdoşimizga Nexia 3 avtomaşinasi hamda 12 mln söm nasib qildi.
❗️Maʼlumot uçun: Toşkent şahrida iyul oyidan buyon yutuqli çek lotereyasi ötkazilmoqda. Yaʼni siz xarid qilgan paytingiz berilgan çekni taşlab yubormasdan, uning 12 xonali fiskal kodini röyxatdan ötkazsangiz, maşina yutib oliş imkoniga ega bölişingiz mumkin.
Ğolib böliş ehtimoli xarid miqdoriga boğliq emas. Çeklar soni ğolib böliş imkoniyatini oşiradi.
Röyxatdan ötkaziş:
📌SOLIQ📲 mobil ilovasida çekning QR kodini skanerlaş;
📌çekning 12 xonali fiskal belgisini 1077 raqamiga SMS tarzida yuboriş.
Öyinda iştirok etuvçi çeklar:
💊dorixonalar;
🚬🍾alkogol va tamaki mahsulotlari savdo şoxobçalari;
⛽️ AYOQŞlar;
🛍🛒 yirik savdo tarmoqlarida beriladi.
Hozirça uşbu lotereya faqat Toşkent şahrida ötkazilmoqda, kelgusida butun respublika böylab ötkaziş rejalaştirilgan.
Kanal obunaçilariga ham tavsiya qilaman, lotereyada qatnaşib köring, sizdan nima ketdi? Baribir çekni qayerlargadir taşlab yuborasizku, töğrimi?
P.S.: xuddi şunaqa lotereya ötkaziş kerakligi haqida ötgan yili kanalim orqali Litvani misol keltirib taklif bergandim, loyiha bizda ham amalga oşgani yaxşi böldi.
P.S.-2: men ham öynab kördim, lekin hozirça yutuq çiqmadi :)
👉 @xushnudbek 👈
