Uz IMEI tizimida noqonuniy röyxatdan ötkaziş foş etildi
Bojxonaçilar mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimidan noqonuniy röyxatdan ötkaziş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhni foş etişdi
Söngi vaqtlarda mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimidan röyxatdan ötkaziş bilan boğliq muammoli holatlar ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb mavzuga aylandi.
Uşbu muammoli masala yuzasidan boşqa mutasaddi vazirlik va idoralar qatorida Davlat bojxona qömitasi tomonidan ham bir qator çoralar amalga oşirildi.
Olib borilgan tadbirlar natijasida röyxatdan ötmagan mobil qurilmalarni Özbekiston Davlat çegarasi orqali harakatlangan fuqarolarning nomlariga noqonuniy yöllar bilan röyxatga qöyiş, şaxslarga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravişda yiğib, saqlab, ulardan ğarazli niyatlarda foydalanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati foş etildi.
Aniqlanişiça, Özbekiston fuqarosi O.A. şeriklari M.B. va T.R.lar bilan tuzgan özaro jinoiy rejaga köra qöşni davlatlarga ötişib, u yerda Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston fuqarolarining pasport maʼlumotlarini telefon yordamida rasmga tuşirib, “Telegram” ijtimoiy tarmoği orqali yuborib, belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimi orqali uşbu fuqarolar nomiga röyxatdan ötkaziş bilan şuğullanib kelişgan.
Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi közdan keçirilganida, telefon xotirasida Özbekiston fuqarolarining 200 ga yaqin pasport rasmlari borligi, u uşbu pasport maʼlumotlarni yiğib, jinoiy şerigi O.A.ga yetkazib berganligi uçun har bir pasportga 5 AQŞ dollardan haq olganligi maʼlum böldi.
Mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qömitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasining 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov organiga yuborildi.
Davlat bojxona qömitasi
Axborot xizmati
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

