IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar muhokamasi

Matn3-sentabr, 2020, 20:272 daqiqa0 koʻrish

Faqat oqibatni emas, sabablarni ham muhokama qilaylik

Telefonlarning IMEI kodini röyxatdan ötkazişda begona şaxslarning pasport maʼlumotlaridan noqonuniy ravişda foydalanişayotgani masalasida 2 ta taşkilot bayonot berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining maʼlum qilişiça, uçinçi şaxslarning pasport maʼlumotlarini kiritgan holda noqonuniy ravişda olib kirilgan mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziliş holatlarini oldini oliş va uşbu noqonuniy harakatlarni amalga oşirgan şaxslarni aniqlaş maqsadida, Tizim operatori tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilingan. Bugungi kunda tergov surişturuv işlari olib borilmoqda. Tergov suriştiruv işlari natijalari böyiça qöşimça maʼlumot beriladi.

❗️Lekin vazirlik bayonotida nima uçun IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş pulli ekanligi, nima uçun bu jarayon bu darajada qiyin va byurokratik usulda ekanligi, nima uçun rasmiy dökonlardan telefon sotib olgan fuqarolarning telefoni işlamay qolsa, UZIMEI tizim xodimlari xorijga çiqib kelgan u-bu kimning pasportini olib kelişni, yöqsa boşqa heç qanaqasiga bu telefonni röyxatdan ötkazib bölmasligini taʼkidlaşlari töğrisida lom-mim deyilmagan.

IMEI röyxatdan ötkaziş uçun özgalarning pasport maʼlumotlari öğrilanayotgani - bu muammoning oqibati xolos. Muammoning asosiy sababi esa vazirlik va şu sohaga masʼul taşkilotlarning oxirigaça öylanmasdan joriy qilgan tizimidir! Agar tizim sodda va mantiqqa mos tuşadigan, şuningdek xavfsizlik talablari töliq inobatga olingan bölganda edi, birovlarning pasport maʼlumotlari öğrilanmasdi.

Şuningdek, mazkur masala yuzasidan Davlat bojxona qömitasi tomonidan tekşiruv tayinlangan. Bu kabi holatlarga duç kelgan fuqarolarimizdan Davlat bojxona qömitasining qisqa raqamli işonç telefoni 11-08 ga murojaat qilişlari söraladi. Tekşiruv natijalari yuzasidan Davlat bojxona qömitasi tomonidan qöşimça axborot beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek