Rossiyaning TOP-1000 OTMlaridan öqişni köçiriş tartibi

Matn3-sentabr, 2020, 16:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️TOP-1000 dagi Rossiya OTMlaridan öqişni köçiriş imtihonsiz amalga oşiriladi

Avval xabar berilganidek, xorijdagi OTMlardan öqişini köçiriş uçun ariza bergan talabalar 5-6-sentabr kuni test topşiradi. Imtihon vaqti va joyi mana bu yerda.

Uşbu holat yuzasidan talabalardan juda köp savollar kelib tuşmoqda va ular orasida ayrimlariga javob berib boramiz.

Dastlab, TOP-1000 dagi Rossiya OTMlaridan öqişni köçiriş haqida 2 oğiz.

Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, xalqaro reytingda TOP-1000 talik röyxatdan joy olgan Rossiya OTMlarida taʼlim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning öqişi Davlat komissiyasi qarori bilan Özbekiston OTMlariga sinovlar (test, yozma iş)siz tölov-kontrakt asosida köçiriladi.

Agar siz TOP-1000 dagi OTMda öqisangiz va ariza bergan bölsangiz, unda heç qanday imtihonlarsiz öqişingiz köçirilişi kafolatlanadi. Endi masalaning ayrim jihatlari haqida gapirsam:

1️⃣ bu qoida faqat TOP-1000 dagi OTMning öziga taallluqli, ularning filiallariga tatbiq etilmaydi;

2️⃣ Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi saytidagi maʼlumot böyiça, Rossiyadagi 26 ta OTMlar TOP-1000 ga kiradi. Bular quyidagilar:

1. Bauman Moscow State Technical University
2. Far Eastern Federal University
3. ITMO University
4. Kazan Federal University
5. Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod
6. Lomonosov Moscow State University
7. Moscow Institute of Physics and Technology State University
8. Moscow State Institute of International Relations – MGIMO University
9. National Research Nuclear University "MEPhI"
10. National Research Saratov State University
11. National Research University - HSE
12. National University of Science and Technology "MISIS"
13. Novosibirsk State Technical University
14. Novosibirsk State University
15. Peter the Great St.Petersburg Polytechnic University
16. Plekhanov Russian University of Economics
17. RUDN University
18. Saint-Petersburg Mining University
19. Saint-Petersburg State University
20. Samara National Research University
21. South Ural State University
22. Southern Federal University
23. Tomsk Polytechnic University
24. Tomsk State University
25. Ural Federal University
26. Voronezh State University

3️⃣ garçi Siz TOP-1000 talikka kiradigan OTMda öqisangiz ham, Sizga testga kiriş haqida ogohlantiriş yuborilgan bölişi mumkin. Menimça, taşkilotçilar OTMlar röyxatini bazaga kiritib, qaysi talabalar imtihonsiz topşirişini belgilab çiqişmagan (balki bu katta vaqt olgani uçundir), şuning uçun tizim avtomatik ravişda hammaga "optom" xabar yuborgan bölsa kerak. Bunday vaziyatda talabalar nima qilişi haqida birorta rasmiy tuşuntiriş hozirça berilmadi. Agar test kunigaça rasmiy izoh berilmasa, unda öta şaxsiy tavsiyam, imkoningiz bölsa, har ehtimolga qarşi testga kirib çiqaverganingiz maʼqul, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek