Rossiyadagi 26 ta OTMdan öqişni köçiriş imtihonsiz böladi
Rossiyadagi 26ta OTM talabalari öqişini Özbekistonga imtihonsiz köçirişi mumkin
27.04.2019-yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan talabalar öqişini köçiriş tartibiga ham özgariş kiritildi.
Xususan, xalqaro tan olingan taşkilotlarning OTMlar reytingida birinçi 1000 talik röyxatidan joy olgan Rossiya Federatsiyasi OTMlarida taʼlim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning öqişi Özbekiston OTMlariga sinovlarsiz, yaʼni test, yozma işsiz tölov-kontrakt asosida köçirilişi belgilandi.
Demak, yangi tartibga köra, endilikda TOP-1000 dan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar heç qanday tösqinliklarsiz, qöşimça imtihonlar topşirib ötirmasdan, şunçaki ariza beriş orqali öqişini yurtimizga köçirişlari mumkin.
«Rossiyadagi qaysi OTMlar TOP-1000 talikka kirgan?» degan savol köpçilikni qiziqtirişi tabiiy albatta. Şuni inobatga olib, bizda tan olinadigan QS, ARWU va THE xalqaro reytinglarida kuçli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari röyxatini şakllantirib çiqdim. Unga köra, Rossiyaning quyidagi 26 ta OTMlaridan öqişni imtihonsiz köçiriş mumkin böladi:
1. Bauman Moscow State Technical University
2. Far Eastern Federal University
3. Higher School of Economics (HSE University)
4. ITMO University
5. Kazan (Volga region) Federal University
6. Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod
7. Lomonosov Moscow State University
8. MEPhI (Moscow Engineering Physics Institute)
9. Moscow Institute of Physics and Technology (MIPT / Moscow Phystech)
10. Moscow State Institute of International Relations (MGIMO University)
11. Moscow State University
12. Novosibirsk State Technical University
13. Novosibirsk State University
14. Peter the Great Saint-Petersburg Polytechnic University
15. Plekhanov Russian University of Economics
16. RUDN University
17. Saint Petersburg State University
18. Samara National Research University (Samara University)
19. Samara State Aerospace University
20. Saratov State University
21. Southern Federal University
22. The National University of Science and Technology MISIS
23. Tomsk Polytechnic University
24. Tomsk State University
25. Ural Federal University - UrFU
26. Voronezh State University
Maʼlumot örnida: yuqoridagi röyxat har yili qayta tasdiqlanadi (köpayişi yoki kamayişi mumkin).
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

