OTMga qabul qiliş tartibiga özgartirişlar kiritildi

Matn29-aprel, 2019, 20:092 daqiqa0 koʻrish

Abituriyentlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş töğrisidagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi (360-son, 27.04.2019 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, turk tilini çet tili sifatida öqigan abituriyentlar ham mazkur tildan köp balli baho tizimi böyiça imtihon topşiradilar.

Endilikda OTMlarga hujjat topşirişda 086-U-şakl böyiça tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydi.

Quyidagilar OTMlarga qöşimça davlat grantlari asosida imtihonsiz öqişga qabul qilinuvçilar qatoriga kiritildi:

• Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaşgan maktab-internatni aʼlo baholarga bitirgan bitiruvçilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni öqitiş yönalişlariga;
• har bir harbiy qismdan bittadan yoş harbiy xizmatçi, qism qömondonligi va Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti tavsiyanomasiga asosan.

Şuningdek, kiritilgan qöşimçalar bilan sirtqi taʼlim şakliga öqişga qabul qiliş tartibi belgilandi:

• sirtqi taʼlimga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgaça qabul qilinadi;
• kiriş imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgaça kamida 3 ta fandan ötkaziladi;
• yozma imtihonlar şifrlangan holda tekşiriladi;
• imtihonlar bakalavriat taʼlim yönalişlariga muvofiq keluvçi 3 ta fandan töplanişi kerak bölgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning örniga qarab uning uçun ajratilgan eng köp ballning 0 dan 100 foizgaça bölgan oraliqda baholanadi;
• natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda taʼlim muassasasining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Şuningdek, magistraturaga kirişda quyidagilar bekor qilindi:

• magistraturaga kiruvçilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik işlarga qobiliyati hamda qiziqişini aniqlaş maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
• “Informatika va axborot texnologiyalari” fani böyiça sinov;
• Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti fani böyiça sinov.

Magistraturaga hujjat topşirganlarning TOEFL böyiça kamida 72 yoki IELTS böyiça kamida 5,5 ball bölganida ular çet tilidan kiriş sinovida iştirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL böyiça kamida 58 va IELTS böyiça kamida 5 ball bölişi kerak edi.

Öqişini bahorgi semestrga qayta tiklaş böyiça ariza topşiriş har yili 15-yanvardan 25-yanvargaça davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek