Imoratlarni qonuniylaştiriş aksiyasi yakunlanmoqda
Manba:Davlat xizmatlari yangiliklari
Özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylaştiriş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi yakunlanişiga 2 kun muddat qoldi.
Özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini oliş uçun imorat joylaşgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (şahar) hokimining nomiga ariza beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- murojaat etuvçining pasporti nusxasi;
- murojaat etuvçining oila aʼzolari haqida hamda yer uçastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt töğrisida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining maʼlumotnomalari.
Murojaat etuvçidan boşqa maʼlumotlarni, şuningdek, boşqa hujjatlarni taqdim etişni talab qiliş taqiqlanadi.
Arizani körib çiqiş uçun eng kam iş haqining 5 baravari miqdorida bir martalik yiğim (1 013 650 söm) undiriladi.



