Yiğilişdaman şeʼri

Matn27-aprel, 2019, 22:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​YIĞILIŞDAMAN

Halovatsiz tun,
Yil ketdi butun,
Xudo bergan kun,
Yiğilişdaman.

Bahorlab, qişlab,
Keç qadar işlab,
Şom tilni tişlab,
Yiğilişdaman.

Şam öçmas xona,
Ğamgin, giryona,
Kutmang jon, Ona,
Yiğilişdaman.

Xotin qoqib sim,
Der «Kundoşim kim?»,
Deyman, «Böldi, jim»,
Yiğilişdaman.

Paxta vaj kuzda,
Şudgor deb muzda,
Manglayim tuzda,
Yiğilişdaman.

Farzandim betob,
Tortar iztirob,
Men padar bu tob,
Yiğilişdaman.

Bölarmi şunça,
Gul böldi ğunça,
Çözildi bunça,
Yiğilişdaman.

Oç qoldim yomon,
Dodlar oşqozon,
Şom botdi hamon,
Yiğilişdaman.

Har oy, har sana,
Takror va yana,
Bugun ham mana,
Yiğilişdaman.

Uyga qaytib tun,
Yil ketdi butun,
Tangri bergan kun,
Yiğilişdaman.

Muallifi nomaʼlum ekan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek