Özboşimçalik bilan qurilgan uylar aksiyasi va fuqaroligi yöqlar

Matn19-aprel, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrish

#muştariydan_maktub
Özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga oid aksiya fuqaroligi bölmagan şaxslarga taaluqli emasmi?

«Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida”gi 2018-yil 20-apreldagi 5421-son Farmoni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son Qarori qabul qilindi.

Uşbu VM qarori bilan Nizom tasdiqlangan. Uşbu Qaror ijrosi jarayonida asoslanmagan sabablarga köra Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarga mulk huquqi berilmasligi bildirilmoqda.

Lekin, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1, 5 va 26-bandlarida bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy şaxslarning özboşimçalik bilan qurilgan imoratlariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş belgilangan.

Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga asosan, fuqarolar (jismoniy şaxslar) deganda Özbekiston Respublikasining fuqarolari, boşqa davlatlarning fuqarolari, şuningdek fuqaroligi bölmagan şaxslar tuşuniladi. Agar qonunda boşqaça tartib belgilangan bölmasa, uşbu Kodeksning qoidalari barça fuqarolarga nisbatan qöllaniladi.

Tartibga köra Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy şarhni ularni qabul qilgan organlar beradi. Afsuslarki, Uşbu masala böyiça, 461-son Qaror bilan tasdiqlangan "Nizom"ni işlab çiquvçilar tomonidan rasmiy şarh berilmasdan qolmoqda.

Yuqoridagilardan kelib çiqib Sizdan, Özbekistonda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarga yuqorida keltirilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida mulk huquqi berilişi mumkin yoki mumkin emasligi yuzasidan yuridik maslahat va Vazirlar Mahkamasi tomonidan yozma javob (şarh) olinişida amaliy yordam berişingizni iltimos qilaman.

Uşbu masala buyiça Adliya vazirligi mumkin degan xulosa berdi, lekin amalda bajarilmayabdi. Şunçaki sarson qilmoqda. Aksiya muddati tugaşiga oz muddat qoldi. Lekin hozir ham ulgursa böladi. Bu masala ijobiy hal bölişiga minglab inson degan mavjudotlar umid qilmoqda».

JAVOB: fikrimça, bu aksiya fuqaroligi bölmagan şaxslarga ham taalluqli. Çunki na Prezident Farmonida, na Vazirlar Mahkamasi qarorida «Özbekiston fuqarolari» degan joyni uçratmadim.

Bu masalada albatta yozma murojaat bölişi şart. Yaʼni 1-maygaça rasman murojaat qilinganlik faktini belgilab qöyiş kerak. Undan keyin tegişli davlat organining rad qiluvçi javoblarini olib, sudga bersa böladi. Garçi sud jarayonlari 1-maydan keyinga çözilib ketsa ham, lekin bunday vaziyatda ariza bilan murojaat qilingan sana hisobga olinadi.

Lekin iç-içimdan umid qilamanki, bu holat sudlaşişgaça bormaydi. Masʼullarga Xudo insof berib, tegişli qonunçilik doirasida (oğzaki topşiriqlarni bir çetga surib qöyib) masalani hal qilişadi. Kim bilsin, şunga işongim kelyapti har holda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek