IMEI röyxatdan ötkazişdagi korrupsiya va pasport öğriligi
Katta korrupsiyaning hidi kelmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda IMEI'ga oid şikoyatlar köpaymoqda.
Yurtdoşlarimizning aytişiça, ular çet eldan olib kelgan telefonini röyxatdan ötkaza olmayapti, çunki allaqaçon ularning pasportiga boşqa telefon röyxatga olingan. Boz ustiga, ularning şikoyatlari idorama-idora “koptok” qilinyapti.
Isroil Tillaboyevning yozişiça, fevralda rasmiy dökondan kreditga olgan telefoni işlamay qolibdi. Röyxatdan ötkazay desa, heç qanaqa yöli yöq emiş, faqat xorijga çiqib kelgan odam topib keling deyişibdi (bunaqa ahmoqona tizimni öylab topganlarning kallasiga qoyil).
Xöp, deb naq 11 kişini topib kelibdi. Lekin ularning hammasini nomiga allaqaçon telefon röyxatdan ötkazib bölingan ekan, özlari bundan bexabar.
Tasavvur qilyapsizmi?!
Demak, yoki aeroport-vokzal, yoki çegara xizmati, yoki bojxonadagi masʼullar fuqarolarning pasport maʼlumotlarini begonalarga pullaşmoqda.
Bu yerda juda katta jinoyatning hidi kelyapti, örtoqlar!
Tegişli organlardan zudlikda munosabat talab qilamiz!
👉 @xushnudbek 👈
- 😢 2
