Alişer Şadmanov maktablardagi epidemiologik holat haqida
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0ALIŞER ŞADMANOV: HAR BIR MUTASADDI VAZIYATGA OTA-ONA KÖZI BILAN QARAŞI KERAK
Ayni kunlarda maktablarda yangi öquv yilini boşlaş masalasi eng muhim vazifalardan biri bölib turibdi.
Hozirda mamlakatimizda “COVID-19”ga çalingan jami 41 994 nafar bemordan qariyb tört ming nafariga yaqinini bolalar taşkil etmoqda. Bu körsatkiçning aksariyat qismi mamlakatimizda karantin eʼlon qilingan hamda xalq taʼlimi muassasalari faoliyat yuritmagan davrga töğri keladi.
Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov mavjud vaziyatda, eng avvalo, maktablarning zarur talablarga javob berişi öta muhim ekanligini taʼkidladi.
Vazirning sözlariga köra, bu vaziyatda quyidagi omillarni hisobga oliş va ularni öquv yili boşlangunga qadar bartaraf etiş zarur:
👉 taʼlim muassasalarining baʼzilari içimlik suvi bilan taʼminlanmaganligi;
👉maktab oşxonalari hamda hojatxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga töliq javob bermasligi;
👉 maktab xamda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida xizmat qiladigan xodimlarning va ota-onalarning xizmatdan taşqari vaqtlarida turli jamoat joylari (bozor, magazin, avtobus, qarindoşlar, qöşnilar)da bölişlari;
👉 uşbu yoşdagi bolalarni kun davomida maktab hududida ijtimoiy masofani saqlay olişini taʼminlaş;
👉 bolalarda koronavirus köp holatlarda yengil yoki klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) keçsa ham, ular uşbu virusning asosiy tarqatuvçilaridan biri bölişlari va ular öz oilalaridagi kattalarga, ayniqsa, xavf ostidagi guruhlardagi qarindoşlariga yuqtirişi va axoli örtasida kasallikni kupayişiga olib kelişi mumkinligini eʼtiborga oliş kerak.
Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov xalqimiz kelajagi bölmiş yoş avlodning soğliği haqida qayğuriş tibbiyot tizimi vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekanini eslatib:
«Koronavirus bolalarda yengil ötişi bu ehtiyotkorlikni unutiş degani emas. Çunki bir qator mamlakatlardagi holat buning aksini körsatmoqda. Har birimizning farzandlarimiz, nabiralarimiz bor. Bolalar soğliği haqida gap ketganda, ularning örniga öz bolamizni qöyib köraylik. Şuning uçun maktablarga biriktirilgan 10 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimlaridan, pedagoglardan, mahalliy hokimiyat vakillaridan vaziyatga ota yoki ona közi bilan qaraşlarini sörardim”, — deb taʼkidladi vazir.
Yangi öquv yili oldidan barça ota-onalar va pedagoglar bu jarayonga masʼuliyat bilan yondaşişlarini söraymiz. Farzandlarimiz xavfsizligiga javobgar ekanligimizni aslo unutmaylik, - deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
👉 @xushnudbek 👈

