Maktab öqituvçilari koronavirusga test topşirmoqda
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Maktab öqituvçilaridan ommaviy ravişda koronavirusga test olinmoqda
Özbekiston maktablarida yangi öquv yili gibrid şaklda boşlanmoqda. Bolalarning maktabga çiqişi yoki çiqmasligi ota-onalar ixtiyoriga köra amalga oşirilmoqda.
14-sentabr kunidan yetarli talablarga javob bergan maktablarda mahalliy xalq deputatlari kengaşlari qarori bilan taʼlim jarayonlari boşlanişi kutilmoqda.
Bu jarayonda ikki muhim masalaga diqqat qilinişi kerak. Bir tomondan mamlakatdagi 6,2 million nafardan ortiq öquvçining salomatligini saqlaş muhim bölsa, boşqa tomondan ularga taʼlim beradigan yarim million nafarga yaqin xalq taʼlimi xodimlari — öqituvçilarning salomatligini asraş har bir rahbardan katta masʼuliyat talab qiladi.
2020-yil 11-sentabr holatiga köra, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan örta taʼlim maktablarining jami 486 521 nafar öqituvçilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekşiruvdan ötkazildi.
Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan öqituvçilar röyxatga olinib, ularning holati hududlarda taşkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan örganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan öqituvçilar şifoxonalarda davolanişga yuborilmoqda.
❗️Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil şaklda keçayotgani körinmoqda. Bunday öqituvçilarimiz uy şaroitida davolanişga ötkazilib, belgilangan davo muolajalarga köra, ularga bepul koronavirus bokslari (apteçkalar) yetkazib berilyapti.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi
👉 @xushnudbek 👈



