OTMga kiriş uçun minimal ötiş ballari pasaytirildi

Matn16-avgust, 2018, 21:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

RASMAN: Kvotada joy bölsa ham 68 balldan kam olib yiqilganlar endi talaba böladi!

Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov Davlat qabul komissiyasi majlisining 6-son bayoni haqida maʼlumot berdi.

Unga köra, respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat grantining minimal ötiş bali 68,0 ball (eng yuqori ötiş bali 189,0 ballning 36%), tölov-kontraktning minimal ötiş bali 56,7 ball (eng yuqori ötiş bali 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

Bunda, OTMlarga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qiliş amaldagi qonunçilikka asosan amalga oşiriladi.

Şuningdek, tölov-kontraktning minimal ötiş bali 56,7 ball ekanligini inobatga olib, Davlat test markazi 2 kun muddatda test sinovlari natijalari qaydnomalarini qaytadan körib çiqib, qabul kvotasi tölmagan taʼlim yönalişlarining qabul çegarasini tuşiradi hamda örnatilgan tartibda qaydnomalarni çop etib, oliy taʼlim muassasalariga yetkazadi.

Bu degani, qabul kvotasida joy bölsa ham qabul qilinmagan va 56,7 dan 68 gaça ball töplaganlar tölov-kontrakt asosida, 68 dan 75 gaça ball töplaganlar esa budjet asosida talaba böladi!

Barçani çin dildan tabriklayman!

Bu masalani kanalim orqali birinçilardan bölib kötarib çiqqandim, rasmiy özgariş bölganidan xursandman.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Hayit bayramidagi dam oliş kunlari haqida

    01 daqiqa

  2. Qurbon Hayitida dam oliş kunlari belgilandi

    01 daqiqa

Yana oʻqing