Sirdaryoda çorvadorning böğoz qöylari söyib taşlandi
Sirdaryoda çorvador fermerning yaylovdagi böğoz qöylari yoppasiga söyib taşlandi. Aytişlariça, militsionerlarning taşabbusi bilan
Navoiy, Buxoro daştlarida bahor yomon kelgani tufayli Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi «Zim boşi» fermer xöjaligi özining 800 boşdan ziyod qöy-qözisi va eçkilarini Jizzax va Sirdaryo viloyati yaylovlarida — yaylovlarni ijaraga olgan mahalliy fermerlar bilan qonuniy asosda şartnoma tuzib — boqib kelayotgan edi.
17-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tuman IIB xodimlari yaylovda ötlab yurgan böğoz qöy va eçkilardan 28 boşini şu joyning özida böğizlab, yana 7 boş qöçqorni haydab ketişgan. Fermer jami 35 boş jonliq — 25 ta homilador qöy, 7 boş qöçqor va 3 boş eçkisidan ayrilgan. Qöylarning göşti ajratilib, nomaʼlum tomonga olib ketilgan. Terisi va içak-çavoqlari, içidagi homilasi esa dalada qoldirilgan.
Uşbu holat yuzasidan «Kun.uz»ga murojaat qilgan jabrdiyda fermerlarning taʼkidlaşiça, bu voqeadan 15—20 kun avval paxta terimi haşarçilari uçun tört boş qöy ixtiyoriy ravişda taqdim etilgan. Lekin 17-oktabrdagi holat — mutlaqo tuşunarsiz; biror izoh ham berilmagan. Xullas, turgan-bitgani qaroqçilikning özginasi.
Murojaatçilarning taʼkidlaşiça, yaylovda ötlab yurgan qöylar nima uçundir bedazorga haydab kelinib, şu yerda söyib taşlangan. Şundan: «Qöylar bedazorni payhon qilgani uçun, jazo tariqasida söyilgan», degan bir noqonuniy signalni anglaş mumkin. Lekin bedazor qöylarni söyganlarniki emas, balki yaylovini şu qöylarning egasiga ijaraga bergan fermerniki — u ham aytib turibdi: «Mabodo şu qöylar şu bedazorda ötlagan bölsa ham, biror daʼvom yöq — u yerni yantoq bosib ketgan özi», deb.
Qöylarning egasi nafaqat jurnalistlarga, balki Prezident virtual qabulxonasi va Boş prokuraturaga ham ariza bilan murojaat qilgan. Buning biror izohi, javobi bölişi kerak, baribir. Va u javob Buxoroda militsiya boş-qoş bölib söyib taşlangan qöylar uçun berilgan izohdek tuturiqsiz bölmagani maʼqul.
Örni kelganda — Adliya vazirligi ogohlantiradi: qonunçilikka muvofiq ekinzorlar payhon qilingan joyda uşlangan çorva mollari (masalan, qöylar) mahalla fuqarolar yiğinlariga topşiriladi hamda ular faqat çorva mollari egasiga nisbatan maʼmuriy jazo (masalan, jarima) çoralari qöllangandan söng va yetkazilgan zarar töliq undirib olingandan keyin qaytarib beriladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

