Kasbida IIB boşliği fermerlarga kişan taqdi
Manba:Daryo — LIVE
Qaşqadaryoning Kasbi tumanida IIB boşliği dala seminarida 11 kişiga kişan taqdi, seminarda qatnaşmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqçi böldi
Kasbi tumani IIB boşliği Çori Köçarov 14-iyul kuni tuş payti dalada fermerlarga seminar ötkazgan. Bu — tuman IIB boşliği tomonidan ötkazilgan birinçi seminar bölgan va unda 2 nafar suvçi va 9 nafar fermer xöjaligi işçi xodimlarining qöliga kişan taqilib, avtobusga qamalgan. Seminar tugagunça avtobusda olib ötirilib, söngra tuman IIBga olib ketilgan. IIB hovlisida keçgaça sababsiz olib qolinib, söngra tuşuntiriş xati olingaç, qöyib yuborilgan.
14-iyul kuni tuş paytidagi seminarda qöliga kişan taqilib, avtobusda olib ketilgan mirob Zoirjon Nabiyevning maʼlumot berişiça, hudud aslida tuman hokimi sektori hisoblanadi. Hokim vaqtinça yöqligi sabab, sektor rahbari vazifasi IIB boşliğiga yuklatilgan bölişi mumkin. Şu boisdan ham seminarni IIB boşliği olib borgan.
«Aslida seminarda qişloq xöjaligi böyiça mutaxassislar kelib, fermerlarga yer bilan işlaş sirlarini örgatişi kerak. Tuman hokimining seminarida xuddi şunday qilinardi. IIB boşliğining 14-iyuldagi birinçi seminarida esa iş fermerlar qöliga kişan taqişdan boşlandi... Seminarga 20 nafar IIB xodimini olib kelgan, sal narida mahbuslarni olib ketuvçi ‘zekovoz’ maşinani keltirib qöygan mutasaddining qanday seminar ötişi kundek ravşan. Xöp, agar aybdor bölsak, jarima belgilaşsin edi. Nega endi qölimizga kişan taqişadi? Qölga kişan taqadigan iş qilmadik hali. Qiziği, 20 nafar xodim vaqtining behuda sarflanişi, avtobus va harakatlanişi köp yoqilği talab qiluvçi ‘zekovozʼning xarajati kimning zimmasiga tuşar ekan endi?», — deydi Zoir Nabiyev.
Seminarga kelganlarning qöliga kişan taqilgani — bu bir muammo. Seminarga kelmaganlarning tanobini tortib qöyişga uriniş esa — boşqa muammo. Internetda tarqalgan videoda tuman IIBdan kelgan xodimlar «Novot Niyoz» fermer xöjaligi rahbari Akrom Novotovni söroq qilayotgan holatini köriş mumkin. Novotning qayd etişiça, tuman IIB rahbari Çori Köçarov u bilan bir yillardan beri kelişmaydi.
«2018-yil tuman hokimi va bir neça fuqaro kiyimidagi kişilar dala şiyponimga kelgandi. Öşanda hokimbuva dala şiyponimning ahvolidan qoniqmay, meni koyigandi. ‘Xöp, tez orada kamçiliklarni töğrilab, dala şiypon tozaligini taʼminlaymiz’, deya javob berdim. Şunda fuqaro kiyimidagi bir şaxs suhbatga aralaşib: ‘Töğri gapir’, deya döq qildi. Şunda u kişiga qarab, qayerda xato qilganimni söradim. ‘Töğrilaymiz emas, töğrilayman deb gapir’, deya haqorat qilib ketdi. Yonimizda tuman hokimi turgan bölişiga qaramay, ‘Öğri, muttaham, seni qamatib yöq qilaman’, deya sökindi. Keyin bilsam, u tuman IIB boşliği Çori Köçarov ekan. Men ham bu holatdan taʼsirlanib, IIB boşliğining xatti-harakati yuzasidan Prezident portaliga şikoyat qildim. Murojatim böyiça, xizmat tekşiruvi tayinlanib, holat örganildi. Ammo tayinli çora körilgani yöq. Şu-şu IIB boşliği menga nisbatan adovat saqlaydi», — deydi fermer Akrom Novotov. Uning qöşimça qilişiça, IIB boşliğining unga nisbatan adovati sabab, 7-iyunda örib olingan 9 tonna arpa ham tortib olingan (arpani örib oliş uçun kombayn bergani uçun MMTP raisiga ham bosib ötkazilayotgan ekan).
Kasbi tuman IIB boşliğidan xatti-harakatining sababini söraş uçun boğlanişga harakat qilgan «Daryo» muxbiri IIB boşliğiga qöğiroq qilib tuşolmadi. Töğriroği, IIB boşliği telefoniga javob bermay, qaytiş qönğiroğini bosib qöydi. Viloyat IIB matbuot xizmati orqali boğlanişga harakat qilişimiz ham samara bermadi.
Töliq maqolani «Daryo»da öqing — http://dy.uz/pE1la
