Andijon IIBning rasmiy munosabatiga munosabat

Matn20-iyul, 2018, 15:341 daqiqa0 koʻrish

Andijon IIBdan bunaqa kulgili javob kutmagandim. Agar videoni körgan bölsangiz, öşa muştumzör profilaktika inspektori "Maayke, kimmi bolasisan?" (yaʼni "bu yerga kel, kimning farzandisan?") degan savolni bergan. 2-3 daqiqa oldin dadasi bilan gaplaşib, birdan unutib qöydimi, kimning farzandi ekanligini?

Şuningdek, nima uçun bayonotda militsiya xodimining oğzidan bodi kirib, şodi çiqqani haqida heç narsa deyilmagan? "Siz kimsiz?" degan savolga, "Körmayapsanmi, *****, kimligimni" degan joylari videoda aniq eşitilib turibdiku.

Bola tarbiyalaşning zör usulini topişibdi, qoyil lekin...

Xullas, IIB tizimi bizni ajablantirişda davom etmoqda. Xodimlarining xatti-harakatlariga yiğlaging keladi, unga berilayotgan rasmiy munosabatlarga kulging...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek