Bözda militsiya xodimi fuqaroni urgani böyiça izoh berildi
Manba:Daryo — LIVE
Bözda militsiyadan kaltak yegan yigitning otasi militsionerni emas, balki bu voqeani videoga olgan şaxsni jazolaşni söradi
Andijon viloyati IIB Böz tumani içki işlar xodimlari kamida bir fuqaroni haqoratlab, unga qöl kötargani holati böyiça «Daryo»ga izoh maʼlumot berdi. Töğrisi, juda qiziqarli axborot (va biz Andijondan şunga öxşaş axborotlar kelişiga örganib qolganmiz, hayron bölganimiz yöq).
Maʼlum bölişiça, voqea 15-iyul kuni tungi soat 23:30 larda Böz tuman Böston mahallasida yaşovçi 20 yaşar Muhriddin Maʼrufjonov bilan sodir bölgan. Andijon viloyati IIB axborotiga köra, Muhriddin 15-iyul kuni tungi soat 23:30 larda dökondan özi yaşaydigan xonadonga qölida 250 ming söm pul bilan ketayotganida (iya, u 23:30-da uyiga ketayotgan bölganmi yoki IIB xodimidan kaltak yeganmi?), IIB xodimlari tomonidan uşlanib, şaxsiga oydinlik kiritiş maqsadida Böz tuman IIBga olib kelingan.
Tuman IIBda profilaktika inspektori leytenant M.Parpiyev (qarindoşmasmikin?!) özini oğzaki taniştirgaç, Muhriddinning otasi Muzaffar Maʼrupovga qönğiroq qilgan (nega? Nega axir? 20 yaşar, Prezident saylovida ovoz bera oladigan, hatto dökondan özi mustaqil ravişda sigaret va alkogol içimlik sotib olişga qonunan haqi bölgan kap-katta yigitning otasini bezovta qilişga na hojat?).
Andijon viloyat IIB axborotining davomi dahşat: «Fuqaro Muzaffar Maʼrupov profilaktika inspektori M.Parpiyevga haqiqatdan ham Muhriddin Maʼrufjonov öz öğli ekanligi, biroq keyingi vaqtlarda öğli köçadan keç uyga kirayotganligi, otasini tartibga çaqiriş haqidagi ögitlariga quloq solmayotganligi uçun içki işlar xodimidan öğlini tartibga çaqirib qöyişini söraydi».
Şundan söng, Andijon viloyat IIB axborotiga köra, profilaktika inspektori M.Parpiyev Muhriddinni tartibga soliş maqsadida (qanday olijanob maqsad!) tungi vaqtlarda kimlar bilan va nima maqsadda yurganligini, nega otasining sözlariga quloq solmayotganligi haqida gapirgan (muloqot qanday muloyim ötganini yaxşiroq his qiliş uçun videoni köring).
Inspektor Muhriddining paketidagi pullarni körib, «Pullarni qayerdan olib kelayapsan?» deb söraganida, Muhriddin unga «Özimning pulim, nima, pul bilan yurib bölmaydimi?» deb, Andijon viloyat IIB izohiça, qiziqqonlik bilan javob qaytargan (odatda şunaqa özi — ahmoqona savollarga qiziqqonlik bilan javob qaytariladi).
«Bunga javoban içki işlar xodimi uning yoqasidan uşlab, bölim hovlisidan içki işlar binosi içkarisiga kirişni talab qiladi», — deb yozilgan Andijon viloyat IIB axborotida (şu joyi videoda sal boşqaçaroq edi-da: Muhriddin inspektorga «Sökinişmasdan gapiring», deganidan söng militsioner unga qöl kötargan). Hikoyani şu yerda tugatib, profilaktika inspektori M.Parpiyevning noqonuniy xatti-harakatlari böyiça qanday çora körilgani yuzasidan aniq va tiniq axborot bersa ham bölardi. Yöq. Davomi bor.
Xullas, jahldor inspektor M.Parpiyevni hamkasbi B.Şomirzayev töxtatib qolgan (yaxşiyam!). Şundan söng Muhriddinning şaxsiga oid maʼlumotlar yozib olinib, u uyiga olib borib qöyilgan. Oradan ikki kun ötib voqea videosi internetga tarqalib ketgan (rahmat, «Repost»!).
Super-dahşat qismi endi boşlanyapti: Andijon viloyat IIB xodimlari Muhriddinning otasi bilan suhbatlaşganda, u öğli bilan sodir bölgan voqeani tasdiqlagan, lekin tuman IIB xodimlariga heç qanday eʼtirozi yöqligini aytgan. «Biroq öğli bilan boğliq holatni videotasvirga olib tarqatgan şaxsga nisbatan qonuniy çora körib berişni söragan», — deyiladi viloyat IIB axborotida.
«Mazkur aniqlangan holatlar böyiça, hozirda Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan Böz tumani IIB xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda», — deb tugatilgan Andijon viloyat IIB axboroti.

