AQŞ maktab taʼlimi xarajatlari va öqituvçilar maoşi

Matn19-iyul, 2018, 11:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Dunyoning qaysidir narigi çekkasidagi holat haqida AQŞda uzoq yillardan buyon istiqomat qiladigan huquqşunos Nodir Zakirov quyidagi fikrlarni yozibdi:

Xöv bola, forma qani?
... deydigan odam yöq.

Amerika boşlanğiç maktabida öqiydigan öğlimiz Umarbekni programmistika böyiça yozgi tögarakka yozdirib qöyganmiz. Maktab avtobusi har kuni uyimiz oldidin olib ketadi.

Biz yaşaydigan Arlington şaxrida atigi 220,000 aholi yaşaydi. Yiliga mahalliy aholi va bizneslardan tuşgan soliqlarning $580,000,000 (580 million dollari) maktab taʼlimiga ajratiladi.

Maktab öqituvçilarining örtaça yillik maoşi $79,000.

Jami 33ta maktabda 26,000 bola öqiydi. Şaxar taʼlim boşqarmasi har bir bolaga yiliga $18,000 sarflaydi.

Yuqoridagi mablağ öqituvçilar maoşi, maktablarda fan va texnologiya böyiça jixozlar, maktab kutubxonalari uçun eng sönggi naşrdagi kitoblar, maktabdan taşqari maşğulotlar va sport rivoji uçun xarajatlarga işlatiladi.

Maktab formasiga $0. Çunki uni taʼlimga aloqasi yöq.

Kimga qiziq bölsa, mana bu yerda maktablarga xarajatlar böyiça rasmiy statistika keltirilgan.

Özbekistonda ham öqituvçilar öz vazifalariga loyiq maoşga munosib.

Ertaga butun yurtni boşqaradigan raxbarlar, sizu bizni davolaydigan doktorlar, adolatni taʼminlaydigan sudyalar, ixtirolar qiladigan injenerlarni öqitadigan ustozlarga adolatli maoş beriş vaqti keldi.

Xalq taʼlimi vazirligi yangi raxbariyatidan umidlarim katta.

#UstozlargaAdolatliMaosh

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek