Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Içki işlar organlarini isloh qiliş zarurati haqida

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:bakiroo

Fuqaro asosiy funksiyasi uni himoya qilişi lozim bölgan politsiya qölidan ölim topmasligi kerak.

Lekin politsiyaning fuqarolarga nisbatan zöravonligi, afsuski, xoh demokratik, xoh totalitar bölsin - istalgan mamlakatda röy berişi mumkin bölgan yovuz hodisadir. Farqi unga munosabatda - demokratik mamlakatda buning uçun javobgarlikdan qoçilmaydi, masʼuliyat zimmadan soqit qilinmaydi, nafaqat aybdorlar uçun jinoiy javobgarlik muqarrar böladi, balki jamiyatda tektonik oqibatlar ham yuz beradi. Totalitar davlatlarda esa bunday jinoyatlar odatda xaspöşlanadi va bosdi-bosdi qilib yuboriladi, natijada zöravonliklar takrorlanaveradi.

Masalan, 2012-yilda politsiyaning bir neça yillik muvaffaqiyatli islohotlaridan keyin ham Gruziya izolyatorlarida politsiyaning mahbuslarni supurgi bilan zörlaşi va qiynoqqa soliş holatlari yuz bergan. Butun Gruziya dahşatdan oyoqqa turadi, tegişli vazirlik rahbariyati isteʼfo beradi. Saakaşvili va uning partiyasining keyingi saylovlardagi mağlubiyati qisman şu zöravonliklarga borib taqaladi. Şundan buyon politsiya zöravonligi Gruziyada takrorlangani yöq.

Xuddi şu yili rus politsiyaçilari tomonidan Qozonda gumondagi fuqaro aybini tan oldirib, böyniga qöyiş uçun butilka bilan zörlanadi. Gumondor vafot etadi. Politsiyaçilar juda oson jazo bilan qutulib qolişadi. Heç qanday isteʼfo va masʼuliyatni tan oliş yuz bermaydi. Natijada bu kabi jinoyatlar Rossiyada oddiy, takrorlanadigan holatga aylangan.

Andijonda, IIB maʼmuriy binosiga olib kelib, hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatilişi ortidan fuqaro Abdukarimov vafot etgan. Bu fojea böyiça aybdorlar jazolanişi kerak, umid qilamanki, jazolanadi ham. Lekin bu kifoya qilmaydi. Içki işlar organlari rosmana isloh qilinişi lozim. Bilmayman, yangi tariximizda bu neçançi marta takrorlanayotgan jinoyat, lekin vazifasi xavf soliş emas, himoya qiliş bölgan özbek politsiyasi qayta taşkil etilmasa, oxirgisi bölmaydi.

Marhumning yaqinlariga sabr.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek