Andijondagi mudhiş voqea tafsilotlari maʼlum qilindi
Senat qömitasi raisi: Andijondagi mudhiş voqea qimmatbaho toş mojarasidan boşlangan
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov Andijondagi jinoyat işining ayrim detallarini maʼlum qildi.
Andijon şahar Içki işlar boşkarmasi Jinoyat-qidiruv bölimi tezkor vakili E.Rayimjonov hamkasblari F.Xusanboyev va Q.Qodirovlar bilan birga fuqaro A.Sotvoldiyevning qimmatbaho toşini olib, qaytarib bermayotgan A.Abdukarimovga (marhum) nisbatan qonuniy çora körişni sörab yozgan arizasi yuzasidan özboşimçalik bilan tekşiruv olib borişgan.
29-may keçasi Andijon şahar Navröz mahallasida yaşovçi A.Abdukarimovning xonadoniga tezkor vakil E.Rayimjonov F.Xusanboyev bilan birga borib, uni Içki işlar bölimi maʼmuriy binosiga olib kelib psixologik va jismoniy bosim ötkazib, 30-may ertalab soat 06-00 ga qadar noqonuniy uşlab turib, uning huquqlari, qonuniy manfaatlari va soğliğiga jiddiy zarar yetkazganlar.
Oqibatda, fuqaro tan jarohat olib, huşini yöqotgan va respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialiga yotqizilgan. Jabrlanuvçi A.Abdukarimovga şifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam körsatilişiga qaramasdan, olgan oğir tan jarohatlari tufayli fuqaro 11-iyunda vafot etgan.
Joriy yilning 30-may kuni Andijon şahar prokuraturasi tomonidan katta leytenant F.Xusanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirovlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoqka oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Senat qömitasining 25-may kuni Andijon viloyatida ötkazilgan sayyor majlisida qabul qilingan qarorida Andijon şahar IIO FMB boşliği podpolkovnik Sodiq Usmanovning egallab turgan lavozimiga qançalik loyiq ekanligi masalasi kötarilgan edi.
Içki işlar vazirining 14-iyun kungi buyruği bilan podpolkovnik Sodiq Hakimmurzayeviç Usmanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
«Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi bu kabi holatlarni qatʼiy qoralaydi va kelajakda jinoyatçilikning oldini oliş böyiça aniq çoralar körilişini talab qiladi.
Andijon şahrida sodir bölgan mazkur holat Qömitamiz tomonidan nazoratga olindi va biz adolat töliq qaror topişini, bunday fojealar boşqa takrorlanmasligini taʼminlaş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solamiz», - deyiladi Qutbiddin Burxonov munosabatida.
👉 @xushnudbek 👈

