Çiroqçida organ xodimlariga böysunmagan haydovçi uşlandi
27-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida qoidabuzarligi uçun töxtatilgan 1998 y.t. "Lacetti" haydovçisi H.A. organ xodimlarining qonuniy talabiga böysunmasdan, atrofdagilarning hayoti va soğliğiga xavf solgan holda voqea joyidan qoçib ketişga uringan.
Mazkur holatda avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.
Haydovçi H.A. ga nisbatan Çiroqçi tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda u uşlangan.
Menga qolsa, qöliga telefonni olib, bu yigitni gijgijlab, "Gaziga bos, hayda, hayda" deb baqirgan odamlarni ham javobgarlikka tortiş kerak. Özi şunaqa haybarakallaçilar xavfli böladi. Özini qölidan bir iş kelmaydi, lekin tomoşani qoyillatadi. Masalan, mana şu 23 yoşli yigitga oğirroq jazo tayinlansa, öşa gijgijlaganlarning birortasi ziğirça ham yordam bermaydi. Hatto açinmaydi ham.
Qaçon xalq bölasan, ey, sen olomon?
👉 @xushnudbek 👈



