Karlsen va Nepomnyaşiy örtasidagi çempionlik bahsi
♟Şaxmat böyiça çempionlik bahsi. Hozirça faqat durang.
Dubay şahrida şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun 2013-yildan buyon şohsupani heç kimga bermay kelayotgan 31 yoşli norvegiyalik Magnus Karlsen va daʼvogar rossiyalik Yan Nepomnyaşiy örtasida bahs bölib ötmoqda.
Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi 2 mln yevroni taşkil etadi. Musobaqa reglamentiga köra, dastlab 14 ta klassik partiyalar öynaladi va agar durang qayd etilsa, tay-brek böladi.
Bugungaça 3 ta bahs bölib ötdi va uçalasida ham durang qayd etildi. Bunga hayron qolmasa ham böladi. 2018-yilda Fabiano Karuana bilan bölib ötgan avvalgi çempionlik bahsining barça 12 ta partiyasida durang qayd etilgan, Karlsen tay-brekda raqibini mağlub etib, çempionligini saqlab qolgan edi.
Bugun dam oliş kuni, 4-partiya ertaga böladi. Taqvim yuqoridagi suratda.
❓Sizningça, kim çempion böladi?
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



