Şamsiddin Vohidov Magnus Karlsenni mağlub etdi
Özbekistonlik 16 yoşli şaxmatçi amaldagi jahon çempionini mağlub etdi
Rossiyaning Sankt-Peterberg şahrida ötkazilayotgan şaxmatning blits va rapid yönalişlari böyiça jahon çempionatida sensatsiya yuz berdi.
Rapid yönalişidagi bahslarning ikkinçi raundida özbekistonlik 16 yoşli şaxmatçi Şamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsen ustidan ğalabaga erişdi.
«Kun.uz» naşrining yozişiça, turnirga birinçi raqam ostida saralangan Karlsen turnirga 188-raqamda saralangan yoş raqibi bilan bahsda 22-yurişda qöpol xatoga yöl qöygan.
U bu vaziyatda figuralaridan birini berişga majbur edi va u farzinini qurbon qildi. Şamsiddin esa öz ustunligidan unumli foydalandi va raqibni 36-yurişda taslim bölişga majbur qildi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

