Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlar haqida
Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlar haqida
Bugun «Soliq va budjet siyosatining 2019-yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun rasman eʼlon qilindi.
Uşbu Qonun bilan Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Masalan, 2019-yil 1-yanvardan Özbekiston rezidenti bölgan jismoniy şaxsning daromadlariga, 12 foizli stavka böyiça soliq solinişi belgilandi.
Eʼtiborli tomoni şundaki, bu yangi Soliq kodeksi emas, şuni köpçilik adaştirişmoqda.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi katta ehtimol bilan 2019-yilning örtalariga borib qabul qilinsa kerak. Kurbanoff.net kanalining yozişiça, Moliya vaziri uçraşuvlardan birida vaqt qisqaligi sababli 2018-yilning oxirigaça yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilişga ulgurib bölmasligini, şu sababli birinçi bosqiçda hozirgi Soliq kodeksiga özgariş kiritib turilişini maʼlum qilgan. Va şunday böldi ham.
Bugun eʼlon qilingan Qonunni mana bu yerdan öqib olişingiz mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
