Abdulloh Tohirov voqeasi va IIVning sukuti haqida
Manba:Muhrim / Муҳрим
Andijonlik Abdulloh Tohirov voqeasi haqida, bilişimça, dastlab 4-noyabr kuni «Bi-bi-si» yozdi, söng 6-noyabr kuni «Kun.uz», 7-noyabrda esa «Daryo» va «Gazeta.uz» xabar berdi — ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea 2-noyabrdan beri aylanib yurgani alohida masala (alohida taşkilotlar ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, dolzarb mavzular böyiça munosabatlar bildiriş vakolatini olgani allaqaçon unut).
Bu xabarlarda takror va takror tilga olinayotgan Andijon viloyati IIB yoki Özbekiston IIVda yigitning qayerda ekani va hozirgi ahvoli haqida şunçaki bir oğiz axborot beriş uçun kamida sönggi 72 soatdan beri imkoniyat bor, lekin ular bu imkoniyatdan foydalanmayapti — vaholanki, vaqti kelsa mahalladagi spravka muammosi haqidagi bölmağur xabarlarga raddiya berişga kuç topiladi.
«Moloçnaya kuxnya» işi göyoki yangilangan sud hokimiyatimiz uçun bir imtihon bölgandi (va sud hokimiyatimiz bu imtihondan gursillab yiqildi, deyiş mumkin, qaysidir maʼnoda). Abdulloh Tohirovning işi esa göyoki yangilangan kuç tuzilmalarimiz uçun şunday bir sinov bölyapti. Mum tişlab jim ötiriş, öz qobiğiga yopilib oliş bilan bu sinovdan umuman ötib bölmaydi lekin.
Men Abdulloh Tohirovni tanimayman, nima işlar qilganini ham bilmayman. Rostdan biror jinoyat qilgandir, balki begunohdir. Endi bu muhim emas. Hozir eng muhimi — Abdullohning qayerda va qay ahvolda ekani. Hozirça şugina savollarga javob berilsa böldi, qolgani bir gap bölar.
Qiziq, şu jimjitlikning boşida turgan polkovnigu generallarning öz farzandi 12 kun bedarak ketsa, ular qay ahvolga tuşişarkin? Hay, heç kimning boşiga solmasin! Hatto şu polkovnigu generallarning ham.

