Xushnudbek 2014-yilgi saylov teledebatlarini yodga oldi
Xushnudbek.uzVideo3 daqiqa0tahrirlanganBugun çellenjlarni körib, 2014-yildagi saylovlar esimga tuşib ketdi.
Saylov oldidan siyosiy partiyalar örtasida turli mavzularda teledebatlar taşkil qilingan. Eng oxirgi teledebat 2014-yil 19-dekabr kuni sud-huquq mavzusida bölgandi.
Öşanda opponent partiyalarning saylov dasturi haqidagi fikrlarimni 1 daqiqa içida aytişga harakat qilganman. Töğri, nutqim 1 daqiqayu 37 soniya bölib, biroz oşib ketgan, lekin har holda 2 daqiqadan oşmagan :))
P.S.: 5 yil oldin ança yoş, ğör va tajribasiz bölganman, şu sababli fikrlarimda xato körsangiz, töğri tuşunasiz degan umiddaman.
❗️Notöğri talqin bölmasligi uçun oldindan aytmoqçimanki, hozirda heç qaysi partiyaga aʼzo emasman va yaqin orada aʼzo böliş niyatim ham yöq. Joriy saylovlarda esa nomzodimni qöymaganman va bunga harakat ham qilmadim.
👉 @xushnudbek 👈




