Özbekistonda ilk marta Prezident saylovlarida teledebat böldi
Keça ilk marta Prezident saylovlarida teledebat bölib ötdi. Keça imkonim bölmay köra olmagandim, bugun teledebatning yozib olingan versiyasini MTRKning UZTV ilovasi orqali tomoşa qildim. Teledebatda nomzodlarning vakillari iqtisodiyotni boşqarişda davlat iştiroki haqida öz pozitsiyalarini ilgari surişdi.
Albatta, birinçi marta ötkazilayotgan teledebat judaaaa unaqa AQŞdagi debatlar kabi qizğin va murosasiz keçgani yöq. Lekin xayriyatki öta quruq va rasmiy ham bölmabdi. Har holda spikerlikka partiyalarning maqsadini mohiyatan tuşunadigan odamlarni tanlaşibdi.
Umuman olganda qaysi sohada bölmasin men bu kabi yangiliklar tarafdoriman. Boşida balki köpçilik kutganday bölmas, balki zerikarli, balki hatto foydasiz ham bölar. Ammo yangilik sari taşlangan qadamning özi katta narsa. Mana şu birinçi qadam qiyin böladi doim. Bunga kuç va jurʼat topa oliş kerak. Umid qilamanki, keyingi debatlarda spikerlar ham, taşkilotçilar ham tajriba töplab boraverişadi va muhokamalar ham yanada qizğin keçadi.
👉 @xushnudbek 👈



