Partiyalar Boş vazir lavozimiga nomzodlarini maʼlum qildi
⚡️ Partiyalar Boş vazir lavozimiga kimlarning nomzodini ilgari surmoqçi?
Yodingizda bölsa, XDP agar saylovlarda ğalaba qozonsa, Oçilboy Ramatov nomzodini Boş vazirlikka ilgari surişini aytgandi. Kun.uz naşri partiyalar bilan boğlanib, ularning nomzodi bilan ham qiziqibdi.
👉 “Adolat" SDP
Asosiy nomzod:
Ruslanbek Davletov
(Adliya vaziri)
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov nomzodi ham bor.
👉 ÖzLiDeP
Abdulla Aripov
(amaldagi Boş vazir)
👉 Ekologik partiya
Uçta nomzod:
Odil Temirov
(«Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi)
Uluğbek Mustafoyev
(«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi)
Şavkat Jalolov
(«Agromir group» assotsiatsiyasi direktorlar kengaşi raisi)
👉 XDP
Oçilboy Ramatov
(Boş vazirning 1-örinbosari, Transport vaziri)
👉 “Milliy tiklaniş“ DP
Ikki nomzod aniq ekan, ammo harçand urinişsa ham, ularning kimligini aytişmabdi.
"Hozirdan nomzodimizni bosimda qoldiriş notöğri", dedi partiya lideri Alişer Qodirov.
“Milliy tiklaniş” pozitsiyasi eng kuçsizi bölibdi. Bu partiyaning va nomzodlarning öziga işonçsiz ekanligidan dalolat beradi. Ertaga saylovda yutib çiqolmasak, nomzodimiz rahbarlarning oldida yomon körinib qolmasin, “sen hali Boş vazirlikka daʼvo qiladigan bölib qoldingmi?” deya “qora röyxat”ga tuşib qolmasin, degandaka qörquv bor, şekilli. IMXO.
👉 @xushnudbek 👈


