Yaponiyada maktab öquvçilarining turistlar bilan muloqoti
Yapon öquvçilari haqida
Bugun Yaponiyaning tarixiy poytaxti Kamakura şahriga bordik. U yerda yirik Budda haykali örnatilgan ekan (1-rasm, rasmlar bu yerda)
Bu manzilga maktablardan juda köp öquvçilarni ekskursiyaga olib kelişar ekan. Ekskursiyaga kelgan öquvçilar sariq rangli boş kiyim kiyişlari şart (2-rasm). Öqituvçilarining qölida esa bayroqçalar bölarkan.
Yana bir qiziq tomoni öquvçilarga turistlar bilan ingliz tilida suhbat qiliş va ulardan kiçik intervyu oliş vazifasi berilgan. Kitoblarida alohida şunaqa topşiriq ham bor (3-rasm).
Kitobda öquvçilar uçun deyarli hammasi yozilgan, qanday savollar beriş kerak, javoblarni qayerga yoziş kerak va h.k. Masalan, Siz qaysi davlatdansiz, mamlakatingiz nimasi bilan maşhur, qaysi yapon milliy taomlari sizga yoqdi kabi.
Bu orqali ular öquvçilarning ingliz tiliga oid bilimlarini amalda sinab körişga, muomala madaniyati va muzokara odobini örganişga undaşadi.
Yapon öquvçilari bizlardan ham intervyu olişdi (4-rasm). Ularga Özbekiston davlati, Buxoro, Samarqand kabi tarixiy şaharlarimiz va boşqa maʼlumotlarni aytib berdik. Oxirida bizga imzo ham qöydirib olişdi :)
Eʼtiborli tomoni intervyu oxirida öquvçilar albatta turistga sovğa berişar ekan. Sovğaga özlari tayyorlagan kiçkina esdalik kitobçalari berişyapti (5-7 rasmlar).
Kitobçada yapon madaniyati, urf-odatlari, taomlari haqida yozib çiqişgan. Şu sovğa beriş odati bahonasida ikkita maqsadni közlaşgan: ham yoş öquvçilar öz madaniyati va milliy qadriyatlari haqida maʼlumotga ega böladi, ham buni turistlarga tarğib qilişadi. Va özi umuman xorijlik mehmonlarda katta ijobiy taassurot ham qoladi. Şunçaki qoyil!
P.S.: yapon öquvçilarini kuzata turib, tarbiyasi, odobi, tartibi va atrofdagilarga bölgan hurmatiga havas qildim. Jaydari tilda aytganda, “nima berib boqişar ekan”, deb öylab qolasan kişi...
👉 @xushnudbek 👈


